Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Mashg‘ulotni yakunlash 
1.Mavzuni umumlashtiradi. Xulosa qiladi. 
Faol ishtirok etib amaliy topshiriqni bajargan 
o‘quvchilarni rag‘batlantiradi. 
Eshitadilar 


1-ilova 
 
 
2-ilova 
3-ilova 
Uyga vazifani berilishi 
2. Kelgusu mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
bo‘yicha yo‘riqnoma beradi (7-ilova).
 
Yozib oladilar
 


4-ilova 
5-ilova 
27-mavzu. Yaxlit yengli ko‘ylak konstruksiyasini qurish 
Reja: 
1.Yaxlit yengli ko‘ylakni loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. Ko‘ylakni loyihalash uchun o‘lchovlar. 
3. Ort bo‘lak konstruksiyasini qurish. 
4.Old bo‘lak konstuksiyasini qurish. 
Tayanch so‘z va iboralar:
yaxlit yeng, o‘miz,
 
lif, reglan, konstruktiv, 
konstruksiyalash, yeng o‘mizi, yoqa o‘mizi, bissektirsa.
 


Yaxlit yengli ko‘ylaklami loyihalashning o‘ziga xos xususiyati shundaki asos 
chizmasida yengni yeng o‘miziga o‘tkaziladigan chiziqlar bo‘lmaydi ko‘krak 
chiziqlari yeng o‘mizida bir oz tushgan va orqa bo‘lak yelka chizig‘i bir oz 
ko‘tarilgan bo‘ladi. Bunday kiyimlarga: yaxlit kalta yengli yaxlit uzun yengli old 
va orqa bo‘laklar bilan bichilgan lif(kiyimning beldan yuqori yengsiz qismi)lar, 
yenglar bo‘yin o‘mizidan boshlanadigan liflar ya’ni reglan yengli kiyimlar kiradi. 
1-rasm. Maktabgacha yoshdagi yaxlit yengli qizchalar ko‘ylagi. 
Yaxlit yengli ko‘ylak loyihasining asosi gavdaning o‘lcham belgilari aniqlanib 
konstruktiv joylarining qo‘shimchalari tanlab olingandan keyingina hisoblab 
tuziladi. 
Ko‘ylak chizmasini loyihalash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi (1-


jadval). 
T/r 
O‘lchovlar 
Belgilanishi 
O‘lchovlar 
Qo‘shimchalar 

Bo‘yin 
yarim 
aylanasi 
BnYaA 
14 sm 

Ko‘krak yarim 
aylanasi 
KYaAII 
32 cm 
6 sm 

Ortbo‘lak 
uzunligi 
OrbU 
28 sm 

Yelka kengligi 
YelK 
8,5 sm 

Yelka aylanasi 
YelA 
18 sm 
5-7 sm 

Yeng uzunligi 
Ye U 
8-10 sm 

Kiyim uzunligi KU 
55 sm 
To‘g‘ri burchak chizib, uning yuqori nuqtasini B
n
bilan belgilab olinadi (2-
rasm). B
n
nuqtadan past tomonga kiyim uzunligi qiymati 55 sm qo‘yilib E nuqta 
bilan belgilanadi. Ko‘ylakning kengligi ko‘krak yarim aylanasi ikkinchiga ko‘ylak 
qo‘shimchasini qo‘shib, chiqqan natijani ikkiga bo‘linadi va o‘ng tomonga 
qo‘yiladi: 
B
n
B
nl
= (KYaA
II
+Qk):2 = (32+4):2 = 22 sm. 
B
n
, B
nl
, E, E
1
nuqtalar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida birlashtiriladi. B
n
nuqtadan 
past tomonga OrbU=28 sm orqa bo‘lakning belgacha bo‘lgan uzunligini qo‘yib B
1
nuqta topiladi. Bo‘yin o‘mizi kengligi quyidagicha topiladi: 
B n B n 2 , = BnYaA :3 + 2 = 14:3 + 2 = 6,6 sm 
Orqa bo‘lak bo‘yin o‘mizi chuqurligiga hamma razmerlar uchun doimiy qiymat 
bo‘lgan 3 sm qo‘yiladi, ya’ni B
n
B
n3
=3 sm. Old bo‘lak bo‘yin o‘mizi chuqurligi esa 
quyidagicha topiladi: 
Bn Bn4 =B YaA:3+(4-10)=14:3+8=12,6 sm 
Ravon egri chiziqlar bilan yoqa o‘mizining shakli chizib olinadi: ort bo‘lak 
uchun Bn2Bn3 old bo‘lak uchun Bn2 ,Bn4 
Yeng o‘mizi chuqurligini topish uchun yelka aylanasini ikkiga bo‘lib unga 
yelka qo‘shimchasi qo‘shib topiladi, ya’ni B
nl
K=Ye
1
A:2+Qel=20:2+7=17 sm. B
nl
nuqtadan o‘ngga modelga bog‘liq bo‘lgan yeng uzunligini qo‘yib B
n5
nuqta 
topiladi va bu nuqta K nuqtadan chiqqan gorizontal chiziq bilan kesishtiriladi 
hamda K1 nuqta topiladi. KK
2
=KK1 (yordamchi nuqta). K1 nuqtadan chap 
tomonga doimiy qiymat 1,5—2 sm ni qo‘yib K
3
nuqta belgilanadi. K
3
va K, 
nuqtalar birlash 
tirilib, bu chiziqning o‘rtasidagi K
4
nuqtadan yuqoriga 
o‘tkazilgan perpendikulyarda doimiy qiymat 1,5 sm ni qo‘yib K
5
aniqlanadi. K
3

K
5
, K, nuqtalar orqali yon qirqimning egri shakli chiziladi. Kiyimnig etak tomonga 


kengaya borishi modelga bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda uning qiymati 10— 12 sm 
ni tashkil etadi. Etak qismining yon tomoni bir oz ko‘tarilgan bo‘ladi: E
2
E
3
= 1,5—
2 sm. Kiyim etagi ravon chiziq bilan chiziladi Bj nuqtadan unga gorizontal chiziq 
o‘tkazib chiziqlar kesishgan joyga B
n
nuqta qo‘yiladi va B
n
B
12
= 0,5—1 sm qiymat 
qo‘yiladi. Etak chizig‘iga parallel qilib bel chizig‘i chiziladi. 
2-rasm. Yaxlit yengli ko‘ylak asos chizmasi. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin