Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Mashg‘ulot yakuni: 
1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi 
va rag‘batlantiradi. 
Uyga vazifaning berilishi: 
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
yuzasidan yo‘riqnoma beradi (7-ilova). 
Baholari 
bilan 
tanishadilar.
Topshiriqni yozib 
oladilar. 


1-ilova 
Tushunchalar tahlili 
Yengni texnik modellashtirish 
Rasm 
Izohi 
Etagi kengaygan yeng 
Yuqoriga kengaygan yeng
Butun uzunasi bo‘yalab parallel 
kengaytirilgan yeng. 
Etagi kengaygan uzun yeng 
 


2-ilova 
3-ilova


4-ilova
 
5-ilova 
31-mavzu: Yoqa konstruksiyasini qurish va modellashtirish
Reja: 
1. Yoqa turlari. Yoqalarning eskizlari. 
2. Yoqa konstruksiyasini qurish. 
3. Yoqalarni texnik modellashtirish. 
Taynch so‘z va iboralar: 
yoqa, moda, tik yoqa, ko‘tarmali-qaytarma yoqa, 
yassi yoqalar, bo‘yin o‘mizi, yaxlit yoqa, ko'tarma, estetik , himoya vositasi, 
o'tkazma, yassi,fantaziya. 
Kiyimning tashqi ko‘rinishida yoqalar muhim rol o‘ynaydi va ko‘pincha 
moda yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi. Yoqalar turli xil shakllari bo‘ladi. Bulardan 
eng xarakterlilari: tik yoqa, ko‘tarmali-qaytarma yoqa, yassi yoqalar. Bo‘yin 
o‘miziga o‘tkazilishiga va loyixalanishiga ko‘ra yoqalarning o‘tkazma va old 
bo‘lak bilan yaxlit yoqa turlari ko‘p uchraydi. Yoqalarni bo‘yinga yo‘ishib turish 
darajasiga qarab: bo‘yinga yo‘ishib turadigan va bo‘yindan ancha uzoqdayotuvchi 
yoqalar turiga bo‘linadi.


 


Shakl jihatidan yoqalar xilma-xil bo‘lib, beshta asosiy guruhga bo'linadi: 
-taqilmasi yuqorigacha yetgan kiyimlar yoqasi; 
-taqilmasi adip qaytarmasigacha yetgan kiyimlar yoqasi; 
-alohida bichilgan tik yoqalar; 
-old bo‘laklar va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichilgan tik yoqalar; 
-taqilmasi yuqorigacha yetgan va adip qaytarmasigacha yetgan kiyimlaming 
turli yoqalari. 
Tashqi ko'rinishiga binoan shakli qandayligiga qarab, yoqalarning 
ko'rinmaydigan ichki tomoni ko'tarma, ko'rinib turadigan tashqi tomoni esa 
qaytarma deyiladi. Yoqa ko'tarmasi alohida qism sifatida va yoqa qaytarmasi 
bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. 
Yoqa ustki yoqadan, ostki yoqadan va qotirmadan iborat bo‘ladi. Yoqaga 
ishlov berish uchta bosqichda amalga oshiriladi: ostki yoqani tikish va qotirma
yopishtirish, ostki yoqaga ustki yoqani ulash, yoqani yoqa o‘miziga o‘tqazish 
kiyim modelining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jihati yoqasining shakli va 
razmeriga bog‘liq.Yoqa nafaqat estetik ,balki himoya vositasiga ham ega.Shu bois 
yoqalar shakli va taqilmasi yuqorigacha bo‘lgan kiyim yoqalari yoki qaytarma 
bortli yoqa turlari xam uchraydi. Eng sodda qaytarma yoqa bo‘yin va yelkani 
yopib turadi.U bo‘yin atrofida joylashgan ko‘tarmadan iborat. 
Yoqani loyihalashda shuni ehtiborga olish kerakki, yoqani bo‘yin 
o‘miziga o‘tkaziladigan chiziqqancha to‘g‘ri bo‘lsa, yoqaning tikligi shuncha 
bo‘ladi. Taqilmasi yuqorigacha bo‘lgan kiyim yoqalari yoki qaytarma bortli yoqa 
turlari xam uchraydi. 
Yoqalar shakli xilma-xil bo‘ladi. Ulami shartli ravishda quyidagi guruhlarga 
bo‘lish mumkin: 
1.O'tkazma yoki yaxlit bichilgan (yoqa old detali bilan birikkan holda); 
2.Bo'yinga yopishib turadigan yoki bo‘yinga nisbatan erkin turadigan (bo'yinga 
nisbatan yoqaning o'tkazilishiga bog‘liq holda); 


3.Yopiq taqilmali yoki ochiq ko‘tarma taqilmali (yoqa taqilma bilan bog‘lanishiga 
ko‘ra). 
Qurish prinsipi bo'yicha yoqalarni uch guruhga bo'lish mumkin: 
-yopiq taqilmali kiyimlar yoqasi (tik yoqalar, qaytarma yoqalar, qaytarmali tik 
yoqalar); 
-ochiq taqilmali kiyimlar yoqasi (ularning adipi ko'tarmali); 
-yassi va fantazi yoqalar. 
Yoqa qanday yechimga ega bo'lmasin, uning faqat o‘mizga ulanish 
chizig‘ining shakli va ko'tarmasi konstruktiv ahamiyatga ega. Yoqaning o'mizga 
ulanish chizig'i to‘g‘ri chiziqqa yaqinlashgani sari uning ko'tarmasi balandlashib, 
bo‘yinga ko‘proq yopishib turadi. 
Kiyim modelini o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jihatdan yoqasining shakli va 
razmerlariga bog‘liq.Yoqa nafaqat estetik,balki himoyaviy funksiyaga ham 
ega.Shu bois yoqalar shakli va o‘lchamlari bo‘yicha keng miqyosda 
farqlanadi.Eng sodda qaytarma yoqa bo‘yin va yelkani yopib turadi.U bo‘yin 
atrofida joylashgan ko‘tarmadan iborat:
 
Taqilmasi yuqorigacha bo‘lgan kiyim yoqalari yoki qaytarma bortli yoqa 
turlari ham uchraydi.
Yoqani loyihalashda shuni ehtiborga olish kerakki, yoqani bo‘yin 
o‘miziga o‘tkaziladigan chiziqqancha to‘g‘ri bo‘lsa, yoqaning tikligi shuncha 
bo‘ladi. Taqilmasi yuqorigacha bo‘lgan kiyim yoqalari yoki qaytarma bortli yoqa 
turlari xam uchraydi.
Yoqani loyihalashda shuni ehtiborga olish kerakki, yoqani bo‘yin o‘miziga 
o‘tkaziladigan chiziqqancha to‘g‘ri bo‘lsa, yoqaning tikligi shuncha bo‘ladi.

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin