chiqarishning tayyor sexida kiruvchi tekshirish natijasida
kelib tushayotgan
gazlama va boshqa tikuv materiallarining sifat ko'rsatkichlari va ularning standart
talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Bu holda olingan ma'lumotlar bizga
kelayotgan materiallar partiyalarining xilma-xilligini va ularning nuqsonlarini
aniqlashga va shu bilan keyingi ishlab chiqarish jarayonida mahsulotni nuqsonsiz
ishlab chiqarish uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Gazlamalarning chiziqli o'lchamlari barqarorligiga
erishish va kiyim sifatini
yaxshilash uchun ular dekatirlanadi, uning mohiyati matoni namlash va
keyinchalik quritishdir.
Gazlamalarni bichish jarayoni nuqsonlar
Bichish sexining asosiy vazifasi kiyim uchun kesilgan detallar ishlab
chiqarishdir. Bichish texnologikjarayonida nuqsonlar paydo bo'lishining oldini
olish uchun kesish chiziqlarining ravshanligini ta'minlash
kerak va materiallarni
kesishda, ruxsat etilgan og'ishlar chegarasidan chetlanmaslik kerak; bitta mahsulot
uchun bichiq detallar to'liq to'plamda bajarilishi kerak.
Bichiqlar aniqligiga bo‘rlama sifati, gazlamalarni to‘shash usullari, detallarni
qirqish uchun qo‘llaniladigan bichuv mashinalari turi, to‘shalayotgan gazlamalarni
fizik-mexanik
xususiyatlari, tikuv buyum detallarini gazlamada tanda ip
yo‘nalishiga nisbatan joylashtirilishi ta’sir qiladi. Eng aniq bichiqlarga mashinada
to‘shash va bichish usulini qo‘llashda erishiladi.
Tikuv ishlab chiqarishidagi texnologik nuqsonlar Kiyimlarning sifati ko'p
jihatdan yig'ish jarayonining texnologiyasiga bog'liq. Mahsulotni tayyorlash va
yig'ish sifatining umumiy harakteristikasi sifat ko'rsatkichlarining
texnologik
talablarga muvofiqligi hisoblanadi. Kiyim -kechak qismlarini yig'ishning aniqligi
detallarning kertiklarini bir-biriga qay darajada to‘gri kelganligi tushiniladi.
Kiyim-kechaklarni yig'ish jarayonida shuni esda tutish kerakki, texnologik
nuqsonni aniqlangandan keyin qancha ko'p operatsiyalar
bajarilsa shuncha
nuqsonni tuzatish qiyinroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: