Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə20/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI.
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Biriktiruv bog‘lovchilari (va, ham, hamda) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga vergul qo‘yilmaydi. Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg‘iri salovatli shovillardi. Zidlovchi bog‘lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga shu bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi: Men uyalib yerga qarayman, ammo Turg‘un pisand qilmay shaftolini maqtaydi.
Zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta yoki nuqtali vergul qo‘yilish hollari ham bor. Mazmunan ancha mustaqil bo‘lgan qo‘shma gap qismlari orasida zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yiladi: Ular bir-birlariga mamnun qarab qo‘yishdi. Biroq Ortiq natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ayiruv bog‘lovchilar (yo, yoki, goh, dam) va inkor bog‘lovchisi (na, na) orqali bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul ishlatiladi:

Yoki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, yoki chiroy senga umrbod yo‘ldosh.
Takrorlanib kelgan ayiruvchi yoki inkor bog‘lovchilari yordami bilan birikkan gaplarda vergul takrorlangan ikkinchi bog‘lovchidan oldin qo‘yiladi. Ayiruv bog‘lovchilar takrorlanmasligi ham mumkin, bu holda qo‘shma gapni tashkil etgan gaplar orasiga vergul qo‘yilmaydi: Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi? YORDAMCHILARSIZ BOG‘LANADIGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Vergul va nuqtali vergulning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi: Havo ochiq, quyoshning iliq nuri qirov bosgan marzalardan yengil bug‘ ko‘taradi. (S.A.)Kechasi shamol tindi, yo‘l azobidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.(L.V.) Birinchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarda bir paytda, keyingisida esa ketma-ket bo‘lgan voqea-hodisalar ifodalangan. Og‘zaki nutqda bunday gaplar sanash ohangi bilan aytiladi. Yordamchilarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo‘lmagan voqea-hodisalarni ifodalasa, shuningdek sodda gapalrning o‘zida vergul ishlatilgan bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Shinel jiqqa ho‘l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.(O.)Qushlarning sho‘hlik bilan sayrashi mayin, yoqimli va mungli bu ovozni bosolmaydi;daraxtlarning shitirlagan ovozi qulog‘imga yozning xayrlashuv qo‘shig‘idek eshitilardi.(M.G.)

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin