1.2. Boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limi
yuzasidan beriladigan bilimlar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng iqtisodiyot, sog’liqni saq- lash va ta’lim tarbiya sohalarida islohatlar amalga oshirildi. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarning qabul qilinishi, bu hujjatlar asosi da DTS ining ishlab chiqilishi katta yutuqlardan bo’ldi
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti 1998 yilda qabul qilindi. U “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog’liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari asosda tayyrolandi. Unda o’quvchilar o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilimlar mazmuni va ularning bilim, ko’nikmalariga qo’yilgan talablar ko’rsatiladi.
Umumiy o’rta ta’limning davlat standarti o’quvchilarning tayyrogarligi, saviyasiga qo’yiladigan mezonni belgilaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili ta’lim yuzasidan olgan bilimlari uch parameter asosida o’lchanadi.
1. O’q ish texnikasi
2. O’zining va o’zgalar fikrini anglash.
3. Fikrni yozma bayon qilish.
Ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Demak, fanlar o’quv dasturi DTS talablarini qamrab oladi. Dasturning asosiy vazifasi – o’quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda kursning sinflarga, qismlarga, mavzularga bo’linishi, ularni o’rganish tartibi, soatlar turi ko’rsatiladi. Dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini o’quv predmeti doirasida aks ettirishda va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, u darslikka o’tishni tayyorlaydi va uning mualliflari uchun yo’llanma hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarning ona tili dasturi ikki qisimdan iborat:
1. Tushuntirish xati
2. Asosiy qism.
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlaridan tashkil topgan:
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
Har bir bo’lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, “Sinfda, sinfdan tshqari o’qish va nutq o’stirish” bo’limi “Sinfda o’qish”, “Sinfdan yashqari o’qish”, “O’qish mavzulari”, “O’qish ko’nikmalari”, “Matn ustida ishlash” kabi qismlarni o’z ichiga oladi.
1-4-sinflar ona tili o’quv dasturida ta’limiy o’yinlar haqida alohida fikr bildirilmaydi. Ammo dastur materiallarini o’zlashtirishda zamonaviy texnoligiyalardan, ta’limiy o’yinlardan o’rinli va unumli foydalanishni talab etadi.
Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi asoida darslik yaratiladi.
2005-, 2010- yillarda DTSlar takomillashtirildi. Ana shu yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlar asosida o’quv dasturlari yara til di.
Boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartida “Tovushlar va harflar” bo’limi yuzasidan quyidagi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish ko’rsa- tilgan.
Nutq tovushlari: unli va undosh tovushlar, jarangla va jarang siz; bo’g’in: urg’uli va urg’usiz bo’g’inlar, ochiq va yopiq bo’g’inlar, fonetik tahlil.
Davlat ta’lim standartidagi bu ko’rsatkichlar o’quv dasturida o’z aksi- ni topishi zarur. 1- 2- sinflarda tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo’g’in, bo’g’in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beri. Bu bilimlar aso sida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so’zlar; a va o, i va u tovushli so’zlarning aytilishi va yozilishi; so’z oxirida kelgan jarangla v va d undoshlarining jarangsiz jufti p va t tarzida aytilsa ham d va b harflarining yozilishi; ayrim so’zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma yon kelgan bir undoshli so’zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.
3- 4- sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqurlash tirilib, mustahkamlanadi.
So’zlarni tovush tomondan tahlil qilish takomillashtiriladi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o’stirishga e’tibor kuchaytiriladi.
Demak, Boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standarti va “Ona tili ” o’quv dasturida “Tovushlar va harflar” yuzasidan ancha keng bilim berish kerakligi ko’rinib turibdi. Bu, albatta, ta’lim sohasiga qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqadi, ya’ni o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish talabidir.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning yoshi va bilim saviyalari hisobga olinib, tilshunoslikdagi “Fonetika” va “Grafika” bo’limiga oid mavzular “Tovushlar va harflar ”bo’limida birlashtirilgan.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
O’quvchilarning “Tovushlar va harflar” bo’limini puxta o’zlash tirishlarida darslikda berilgan mashqlarning ahamiyati katta. SHu nuqtai nazardan biz darsliklarda berilgan mashqlarni tahlil qilib chiqdik.
1- sinf “Ona tili” darsligida 5 “Tovushlar va harflar” bo’limiga oid jami 83 ta mashq berilgan. Bu mashqlarni quyidagicha tasnif qilish mumkin.
1. Tovushlar talaffuzi.
2. Tovush va harflarning o’zaro munosabati.
3. Tovush o’zgarishining so’z ma’nosiga ta’siri.
4. Imloga oid.
5. Bo’g’in va bo’g’in ko’chirishga oid.
K.Qosimova , S.Fuzailov, A.Ne’matovalar tomonidan yaratilgan “Ona tili” darsligida biz tahlil qilayotgan mashqlar soni 53ta bo’lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin.
1. Tovushlar talaffuzi.
2. Tovush va harflarning o’zaro munosabati.
3. Tovush o’zgarishining so’z ma’nosiga ta’siri.
4. Imloga oid.
5. Bo’g’in va bo’g’in ko’chirishga oid.
3- sinf “Ona tili” darsligida “Tovushlar va harflar” bo’limga oid jami 48ta mashq berilgan. Bu mashqlarni quyidagicha guruhlash mumkin.
1. Tovushlar talaffuzi.
2. Tovush va harflarning o’zaro munosabati.
3. Tovush o’zgarishining so’z ma’nosiga ta’siri.
4. Imloga oid.
5. Bo’g’in va bo’g’in ko’chirishga oid.
6.Tutuq belgisi va uning imlosi
7.Yonma- yon kelgan qator undoshlar va ularning imlosi.
R.Ikromova va boshqalar tomonidan yaratilgan “Ona tili” darsligida biz o’rganayotgan mavzu bo’yicha 31 ta mashq berilgan.6 Bu mashqlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
1.Tovush harf munosabati.
2.Tovushlarning so’z ma’nosini farqlashi.
3.Unli va undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi.
4.Jarangli va jarangsiz tovushlar va ularning imlosi.
5.So’zlarni tovush tomondan tahlil qilish.
Demak, tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o’quvchilar ning savod o’rgatish jarayonida o’rgangan amaliy bilimlariga asoslan gan holda, 1 2 sinflarda beriladi, ular haqida ko’nikma va malakalar hosil qilinadi. Ularga tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo’g’in, jarangla va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushunchalar beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qila -digan so’zlar; a va o, u va i tovushli so’zlarning aytilishi va yozilishi; so’z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p tovushi tarzida eshitilsa ham b va d harflarining yozilishi; ayrim so’zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma- yon kelgan ikki bir xil undoshli so’zlarning aytili shi va yozilishini bilib oldilar. 3- 4- sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqur -lashtiriladi, mustahkamlanadi. So’zlarni tovush harf tomondan tahlil qi- lish takomillashadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o’stirishga e’tibor beriladi. Bular o’z navbatida o’quvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz ko’chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko’ -nikmalari o’sadi.
Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq madaniyatini o’stirish va takomil -lashtirishga yo’naltiriladi.
I bob yuzasidan xulosalar
Boshlang’ich sinflar uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo’g’inidan bo’lib, unda ona tili o’qitish uchun boshqa fanlarga qaraganda ko’proq vaqt ajratiladi. 1-4-sinflarda ona tilini o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, asosiy maqsad o’quvchilarning nutqini o’stirishga qaratiladi.
Og’zaki nutqning shakllanishida nutq tovushlarini to’g’ri talaffus qilish, ularni yozuvda to’g’ri ifodalay bilish boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda o’ziga xos ahamiyatga ega. 1-4- sinflarda tovushlar va harflarni o’rganishda DTS va o’quv dasturida ko’rsatilgan bilimlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |