Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas


“Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda



Yüklə 289,61 Kb.
səhifə6/10
tarix31.12.2021
ölçüsü289,61 Kb.
#112834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas

2.3. “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda

o’yin darslardan foydalanish.

Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda.

Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dars shakllari



Ishchanlik o’yini darsi — dars mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish mashqi.

Rolli o’yin darsi — dars mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.

Teatrlashtirilgan dars — dars mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.

Kompyuter darsi — tegishli o’quv fani bo’yicha dars mavzusiga doir kompьyuter materiallari (mulьtimedia, virtualь o’quv kursi va shu kabilar) asosida o’tiladigan dars.

Kim oshdi savdosi darsi — o’quv fani ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har. bir o’quvchi qanchalik ko’p bilishini

namoyish etish darsi.

Yarmarka darsi — dars mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirgaa o’quvchilarning o’zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan dars.

Formulalar darsi — o’quvchilarning formulalarni puxta o’zlashtirishlari bo’yicha turli o’yinlar shaklidagi mashqlar o’tkazish darsi.

Uyin darsi — dars mavzusiga mos o’yin orqali o’quvchilarning o’zlashtirishlarini tashkil qilish darsi,

“Sud” darsi — o’quvchilar bilan dars mavzusiga mos «sud» jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.

Kontsert darsi — dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi kontsert shaklida ifodalash mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi.

“Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi — dars mavzusini oldindan puxta o’rgangan o’quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, taxlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo’lib, bunda o’quvchilar dars mavzusini o’zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi.

Integral (integratsiyalashgan) dars — bir nechta fanlarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan dars bo’lib, o’quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi.

Bunday darslar o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini to’liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Mo’jizalar maydoni” darsi — o’quvchilar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchilarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi.

1-4- sinf o’quvchilarining tabiati va qiziqishlarini hisobga olib darsni o’yin asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda turli ertaklardan, multfilm qahramonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, guruhlarga bo’linib musobaqa darslari tashkil qilinadi. O’yin darslaridan ko’proq takrorlash, umumlashtirish darslarida foydalaniladi. O’yin darslarini tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchilardan quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:

O’qituvchidan:

- tanlangan o’yin dars mavzusi, turiga mos bo’lishi

- o’quvchilarning saviyasi, qiziqishi;

-beriladigan topshiriqlarning to’g’ri va aniq bo’lishi;

- har bir o’quvchining daoliyatini nazorat qilishi.

O’quvchidan:

- tartib, intizomga qat’iy rioya qilish;

- topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish.

Quyida musobaqa asosiga qurilgan dars ishlanmasini keltiramiz.

“Sayohat” darsi. “Sayohat” darsi o’quvchilarning sezgirligini , nutqlarini o’stirishga yordam beradi. Bunday darslarni tashkil etish uchun o’qituvchi darsga tayyorlanganda sayohat marshrutlarini belgilab oladi.

Quyida 3-sinfda“Tovushlar va harflar” mavzusini takrorlash darsi ishlanmasini keltiramiz.

O’qituvchi darsni tashkil qilgach, darsning maqsadini e’lon qiladi.

O’qituvchi:-Bolalar, bizning Vatanimiz qanday nomlanadi? O’quvchilarning javobi tinglangach, kompyuter yordamida Vatanimiz ko’rinishini aks ettirilgan lavhalar namoyish qilinadi.

O’qituvchi: - Boalar, biz bugun sizlar bilan Vatanimiz bo’ylab poyezdda sayohatga chiqamiz. Sayohat davomida men aytgan topshiriqlarni tez va to’g’ri bajarishingiz lozim. Aks holda qolib ketasiz.

Men hozir sizni sayohatga tayyorligingizni tekshirib ko’raman.

- Narsa deganda nimani tushunasi?

- Narsa nomlarini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi.

- Sayohat uchun nimalar oldingiz?

- Sayohatga kimlar ketyapti?

- Akmal, Laylo so’zlari nechta tovushdan tuzilgan?

-O’quvchilar, poyezdga chiqib, o’z joyingizni egallashingiz mumkin. Poyezdimiz yo’lga chiqdi. Bolalar, siz keng dalalar, o’rmon, dengizlardan o’tib ko’zlangan maqsadingizga yetasiz. Endi suhbatimizni davom ettiramiz. Akmal, Laylo so’zdaridagi tovush va harflar soni tengmi? Tovush va harflar soni teng kelmaydigan so’zlarga misollar ayting. Suhbat yakunlanadi.

- Navbatdagi bekatga yetish uchun darslikdagi 170-mashqni bajarishingiz lozim. O’qituvchi mashq shartini o’qib, bajarilish namunasini ko’rsatadi.Mashq natijasi o’qitib tekshiriladi.

- Bu bekatga hammamiz yaxshi yetib keldik. Keyingi bekatga borish uchun mustaqil ish bajarishimiz lozim. O’quvchilarga quyidagi she’riy parcha namoyish qilinib, yoddan yozish topshiriladi. Undagi ajratib ko’rsatilgan so’zlar tovush tomondan tahlil qilinadi.



Keng dalalar, o’rmon, dengizlar,

Gulzor, bog’lar – bari bizniki.

Daryo, ko’llar, serhosil yerlar,

Oltin tog’lar hur elimniki.

Shukur Sa’dulla.

- Bolalar, poyezdimiz Buxoro shahridan Samarqandga qarab yo’l oldi. Siz yurtimizning go’zalligini tomosha qilib ketyapsiz. Aytingchi, bizning vatanimizda qaysi millat vakillari istiqomat qiladilar. O’quvchilarning javoblari tinglangach, 169-mashq bajariladi. Poezd Samarqand shahriga yetib keldi. Endi hammamiz shaharni bir aylanib ko’rib kelamiz.

O’qituvchi: - Hamma joylashib bo’ldimi? Endi kim menga ko’rganlari haqida hikoya tuzib bera oladi? 3-4- o’quvchilarining hikoyasi tinglanadi.

O’qituvchi: Zerikib qolmaslik uchun “So’z zanjiri” o’yinini o’ynaymiz. Men so’z aytaman, siz so’z tugagan tovush bilan boshlanuvchi narsa yoki shaxs nomlarini aytasiz: yo’lovchi, ishchi, ishkom, mosh …. .

O’qituvchi: - Mana, jonajon shahrimiz Toshkentga qaytib keldik.

Darsda qatnashgan barcha o’quvchilar rag’batlantirilib, dars yakunlanadi.



Yüklə 289,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin