O’yinning maqsadi: So’z ma’nolarini tushuntirishga o’rgatish. So’zdagi tovushning ahamiyatini anglash.
O’yinni tashkil etish:
a) o’quvchi bir so’zni aytadi. Boshqa o’quvchi so’zning boshidagi tovushni o’zgartirib, yangi so’z hosil qilib aytadi: gul-kul, bog’-tog’, mosh-tosh, dil-til;
b) so’zga bir tovush qo’shib yangi so’z hosil qilish: ayiq-qayiq, oy – tol, uch-kuch … .
“Egizaklar” o`yini. O`quvchilarga so`zlar tarkibida qo`sh undoshlar kelishini izohlashgach, ularni egizaklarga o`xshatish mumkinmi deyiladi. Bolalar uchun bu esda qoladigan, o`yin bo`la oladi. Agar bir xil (m,m,ll,cc) undosh bo`lsa, Hasan – Husan, ikki xil undosh q`osh kelsa (nsh, st, nd) Hasan-Zuxra kabi obrazli o`xshatishlar aytilsa, o`quvchilar darrov shunday so`zlarni izlashadi, o`yin qiziqarli bo`ladi.
Namuna:
Hamma, amma, pilla, tilla, issiq, hassa.
Ganch, do`st, go`sht, qand, vaqt, baxt
Boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda tarqatma materiallardan kartochkalar vositasida didaktik o’yinlar tashkil etiladi.
Buning uchun o’qituvchi maxsus kartochkalar tayyorlanadi. Buning uchun rasm daftar varag’i olinib, eni 5sm bo’yi 10 sm hajmda qirqiladi. Kar -tochkalarda tahlil materiallari sifatida matnlar, gaplar, so’z birikmalari, so’zlar, sxemalar, jadvallar berilishi mumkin.
“Baxtli tasodif” o’yini.
O’yinning maqsadi. O’rganilgan mavzularni mustahkamlash. O’quvchilarni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish.
O’qituvchi quyidagi kabi kartochkalar tayyorlaydi. Bitta kartochkaga grammatik topshiriq yozilmay, “baxtli tasodif” deb yozib qo’yadi. Bu kartochkani olgan o’quvchi dars davomida o’qituvchining yordamchisi vazifasini bajaradi.
Quyida boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda “Baxtli tasodif” o’yinida qo’llanadigan tarqatma materiallardan namunalar keltiramiz.
1- sinfda qo’llanadigan tarqatma materiallar.
1- kartochka
So’zdagi tovushlarni ayting.
Qog’oz, paxta.
2- kartochka
So’zlar qaysi tovushlar bilan farqlanayotganini ayting.
Gul kul, tog’ bog’, tol bol.
3- kartochka
So’zlardagi tovush va harflar sonini ayting.
Maktab, ko’cha, deraza.
4- kartochka
So’zlarni o’qing. Unli tovushlarni ifodalovchi harflarning tagiga chizing.
Daftar, buzoqcha, imorat, echki,o’rmon.
5- kartochka
So’zlarni o’qing. Undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning tagiga chizing.
Lagan, jangchi, bilimdon, uchuvchi, qahramon.
6- kartochka
So’zlarni o’qing, ma’nolarini ayting. Nima uchun ularnig ma’nolari o’zgardi?
Zina sina, arra alla, tilla tila, paxta taxta.
7- kartochka
Nuqtalar o’rniga i yoki u unlilaridan mosini qo’yib, so’zlarni ko’chirib yozing.
Yuld.z, bulb.l, m.x, t.x.m, t.rna, t.msox.
8- kartochka
Berilgan matndagi undosh tovushlar bilan tugagan so’zlarni ko’chirib yozing.
Yozda qush yerni qattiq qizdiradi. Haroratdan yerdagi namlik kamayadi. G’o’zalarning bargi so’liydi. Bunday vaqtlarda suvchilar ekinlarni tunda sug’oradilar. CHanqagan g’o’zalar asta sekin jonlanadi.
9- kartochka
Matnni o’qing. Nuqtalar o’rniga mos harflarni qo’yib ko’chirib yozing.
Ilmga ko.,
Maz.unga m.kon,
S.zi ser.ikmat,
B.zga do’s., ulf.t.
O’rg.iar odo.,
Bu nima Ozo.?
10 - kartochka
Berilgan gapni o’qing. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing.
Qalamdon, o’qidi, yashil, olmazor, marvarid.
2- sinfda qo’llanadigan tarqatma materiallar.
1- kartochka
So’zlarni o’qin, ulardagi tovush va harflar sonini ko’rsating.
Sinf, bog’lam, shaftoli, bodring.
2- kartochka
So’zlarni o’qing, ulardagi tovushlarni ayting.
Lolazor, osmon, arra, issiq, medall.
3- kartochka
Berilgan so’zlarning talaffuzi va yozilishini taqqoslang.
Hisob, davlat, mehnat, dehqon, tanaffus.
4- kartochka
Berilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qing.
Ayiq, terak, ziyrak, daromad.
5- kartochka
So’zlarning talaffuzi va yozilishini tushuntiring.
Obod, odob, kabob, Samarqand, farzand.
6- kartochka
So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing. Har bir bo’g’indagi unli va undosh tovushlarning tagiga chizing.
Maqsad, oila, shoir, kutubxona, aytdi, qizil.
7- kartochka
So’zlarni o’qing. Nuqtalar o’rniga mos harflarni qo’yib ko’chiring.
Ma.don, pos.on, tu.um, x.t, me.mon, bu.doy.
8- kartochka
So’zlarni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning bo’g’in tarkibini ayting.
Gulzorda, yo’lbars, kaptar, chuchvara.
9- kartochka
Matnni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni bo’g’in ko’chiri sh qoidasiga binoan bo’g’inga ajratib yozing.
Bahor keldi. Olcha daraxti gulladi. Gullari to’kildi. Ular o’rnida ko’m ko’k g’o’ralar ko’rindi. G’o’ralar tezda qizardi. Olchalar pishdi. Omon olcha terdi. Onasi olchadan murabbo pishirdi.
10- kartochka
Savollrga javob yozing. Javob yozishda berilgan so’zlardan foydalang.
Rustamning uyida nima bor? sigir
Rustam nimada onasiga yordamlashadi? sigirni boqishda
Sigir kimga o’rganib qolgan? Rustamga
3- sinf uchun tarqatma materiallar.
1- kartochka
Gaplarni o’qing, undagi unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarni ajratib yozing.
Biz o’z Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
2- kartochka
Berilgan so’zlardagi bir unlini almashtirib yangi so’z hosil qiling.
Bol, tol, tok, bosh, bilim, qosh.
3- kartochka
So’zlardagi yonma yon kelgan undoshlardan birini tushirib yangi so’z hosil qiling.
Qattiq, cho’qqi, chinni, tilla.
4- kartochka
So’z oxirida jarangli undoshlarning jarangsizlanishiga to’rtta misol yozing.
5- kartochka
Berilgan so’zlarni alfavit tartibida yozing.
Randa, baliq, kitob, hashar, anhor
6- kartochka
So’zlardagi tushirib qoldirilgan harflarni qo’yib yozing.
Tarv.z, t.lak, v.qt, obo., il.om, d.vlat, i.los.
7- kartochka
Berilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qiling.
Hadya, fikr, magiz, mehmon.
8- kartochka
Quyidagi so’zlarni bo’g’in ko’chirish qoidasiga muvofiq yozing.
Daraxtzor, e’tibor, ibora, oila, issiq, metallar, mutolaa.
9- kartochka
Birinchi bo’g’ini bir xil bo’lgan so’zlardan beshta topib yozing.
10- kartochka
Berilgan so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing. Har bir bo’g’inning tarkibini ayting.
Avlodlar, binokor, matbuot, qalamdon, iltifotli.
4- sinf uchun tarqatma materiallar.
1- kartochka
Maqolni o’qing. Undagi so’zlarni bo’g’inga bo’lib yozing, har bir bo’g’inning tarkibini aiqlab yozing.
Gapni kam so’zla,
Ishni ko’p ko’zla.
2- kartochka
Maqolni o’qing. Undagiso’zlarning talaffuzi va imlosini qiyoslang, farqini ayting.
Tekinning minnati ko’p,
Mehnatning ziynati ko’p.
3- kartochka
Tez aytishni mashq qiling. Qaysi tovushlarning talaffuzida qiynalayotganingizni aniqlang.
Qishda kishmish pisharmish
Pishsa kishmish qishmasmish.
4- kartochka
Topishmoqni o’qing, javobini toping. Tomishmoqdagi qaysi so’zlar tarkibidagi tovushlar talaffuzda tushib qolayotganini aniqlang.
Bir daraxtda o’n ikki butoq,
Har butoqda o’ttizlab yaproq,
Yaproqlarning yarmi qora, yarmi oq,
Qani, kichik do’st, o’ylab top!
5-kartochka
Fasl, e’tibor so’zlarini toush harf tomondan tahlil qiling.
6- kartochka
Bir undosh tovush bilan farqlanadigan so’zlarga beshta misol topib yozing.
7- kartochka
Nuqtalar o’rniga mos harfni qo’yib, so’zlarni ko’chirib yozing.
Bax., sichikla., tiki., mar., atro., balan.,poytax..
8- kartochka
Matnni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qiling.
Toshkent O’zbekistonning poytaxti. U katta , chiroyli, madaniy va obod shahar.
Toshkentda hashamatli va ko’p qavatli binolar ko’p.
9- kartochka
Kaptar so’zini tovush tomondan tahlil qiling.
10- kartochka
E’tibor so’zini tovush tomondan tahlil qiling.
1- 4- sinflarda “Tovushlar va harflar”bo’limini o’rganishda tarqatma materiallardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.
Boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda tarqatma materiallar ka,rtochkalar vositasida didaktik o’yinlar tashkil etiladi.
Buning uchun o’qituvchi maxsus kartochkalar tayyorlanadi. Buning uchun rasm daftar varag’i olinib, eni 5sm bo’yi 10 sm hajmda qirqiladi. Kartochkalarda tahlil material lari sifatida matnlar, gaplar, so’z birikmalari, so’zlar, sxemalar, jadvallar berilishi mumkin.
“Baxtli tasodif” o’yini.
O’yinning maqsadi. O’rganilgan mavzularni mustahkamlash. O’quvchilarni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish.
O’qituvchi quyidagi kabi kartochkalar tayyorlaydi. Bitta kartochkaga grammatik topshiriq yozilmay, “baxtli tasodif” deb yozib qo’yadi. Bu kartochkani olgan o’quvchi dars davomida o’qituvchining yordamchisi vazifasini bajaradi.
Quyida boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda “Baxtli tasodif” o’yinida qo’llanadigan tarqatma materiallardan namunalar keltiramiz.
1- sinfda qo’llanadigan tarqatma materiallar.
1- kartochka
So’zdagi tovushlarni ayting.
Qog’oz, paxta.
2- kartochka
So’zlar qaysi tovushlar bilan farqlanayotganini ayting.
Gul kul, tog’ bog’, tol bol.
3- kartochka
So’zlardagi tovush va harflar sonini ayting.
Maktab, ko’cha, deraza.
4 -kartochka
So’zlarni o’qing. Unli tovushlarni ifodalovchi harflarning tagiga chizing.
Daftar, buzoqcha, imorat, echki,o’rmon.
5 -kartochka
So’zlarni o’qing. Undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning tagiga chizing.
Lagan, jangchi, bilimdon, uchuvchi, qahramon.
6 -kartochka
So’zlarni o’qing, ma’nolarini ayting. Nima uchun ularnig ma’nolari o’zgardi?
Zina sina, arra alla, tilla tila, paxta taxta.
7- kartochka
Nuqtalar o’rniga i yoki u unlilaridan mosini qo’yib, so’zlarni ko’chirib yozing.
Yuld.z, bulb.l, m.x, t.x.m, t.rna, t.msox.
8- kartochka
Berilgan matndagi undosh tovushlar bilan tugagan so’zlarni ko’chirib yozing.
Yozda qush yerni qattiq qizdiradi. Haroratdan yerdagi namlik kamayadi. G’o’zalarning bargi so’liydi. Bunday vaqtlarda suvchilar ekinlarni tunda sug’oradilar. CHanqagan g’o’zalar asta sekin jonlanadi.
9- kartochka
Matnni o’qing. Nuqtalar o’rniga mos harflarni qo’yib ko’chirib yozing.
Ilmga ko.,
Maz.unga m.kon,
S.zi ser.ikmat,
B.zga do’s., ulf.t.
O’rg.iar odo.,
Bu nima Ozo.?
10 - kartochka
Berilgan gapni o’qing. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing.
Qalamdon, o’qidi, yashil, olmazor, marvarid.
2- sinfda qo’llanadigan tarqatma materiallar.
1 -kartochka
So’zlarni o’qin, ulardagi tovush va harflar sonini ko’rsating.
Sinf, bog’lam, shaftoli, bodring.
2 - kartochka
So’zlarni o’qing, ulardagi tovushlarni ayting.
Lolazor, osmon, arra, issiq, medall.
3-kartochka
Berilgan so’zlarning talaffuzi va yozilishini taqqoslang.
Hisob, davlat, mehnat, dehqon, tanaffus.
4 -kartochka
Berilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qing.
Ayiq, terak, ziyrak, daromad.
5 -kartochka
So’zlarning talaffuzi va yozilishini tushuntiring.
Obod, odob, kabob, Samarqand, farzand.
6-kartochka
So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing. Har bir bo’g’indagi unli va undosh tovushlarning tagiga chizing.
Maqsad, oila, shoir, kutubxona, aytdi, qizil.
7-kartochka
So’zlarni o’qing. Nuqtalar o’rniga mos harflarni qo’yib ko’chiring.
Ma.don, pos.on, tu.um, x.t, me.mon, bu.doy.
8 -kartochka
So’zlarni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning bo’g’in tarkibini ayting.
Gulzorda, yo’lbars, kaptar, chuchvara.
9-kartochka
Matnni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni bo’g’in ko’chiri sh qoidasiga binoan bo’g’inga ajratib yozing.
Bahor keldi. Olcha daraxti gulladi. Gullari to’kildi. Ular o’rnida ko’m ko’k g’o’ralar ko’rindi. G’o’ralar tezda qizardi. Olchalar pishdi. Omon olcha terdi. Onasi olchadan murabbo pishirdi.
10- kartochka
Savollrga javob yozing. Javob yozishda berilgan so’zlardan foydalang.
Rustamning uyida nima bor? sigir
Rustam nimada onasiga yordamlashadi? sigirni boqishda
Sigir kimga o’rganib qolgan? Rustamga
3- sinf uchun tarqatma materiallar.
1 -kartochka
Gaplarni o’qing, undagi unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarni ajratib yozing.
Biz o’z Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
2 -kartochka
Berilgan so’zlardagi bir unlini almashtirib yangi so’z hosil qiling.
Bol, tol, tok, bosh, bilim, qosh.
3- kartochka
So’zlardagi yonma yon kelgan undoshlardan birini tushirib yangi so’z hosil qiling.
Qattiq, cho’qqi, chinni, tilla.
4-kartochka
So’z oxirida jarangli undoshlarning jarangsizlanishiga to’rtta misol yozing.
5- kartochka
Berilgan so’zlarni alfavit tartibida yozing.
Randa, baliq, kitob, hashar, anhor
6- kartochka
So’zlardagi tushirib qoldirilgan harflarni qo’yib yozing.
Tarv.z, t.lak, v.qt, obo., il.om, d.vlat, i.los.
7- kartochka
Berilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qiling.
Hadya, fikr, magiz, mehmon.
8 -kartochka
Quyidagi so’zlarni bo’g’in ko’chirish qoidasiga muvofiq yozing.
Daraxtzor, e’tibor, ibora, oila, issiq, metallar, mutolaa.
9 -kartochka
Birinchi bo’g’ini bir xil bo’lgan so’zlardan beshta topib yozing.
10- kartochka
Berilgan so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozing. Har bir bo’g’inning tarkibini ayting.
Avlodlar, binokor, matbuot, qalamdon, iltifotli.
4 -sinf uchun tarqatma materiallar.
1- kartochka
Maqolni o’qing. Undagi so’zlarni bo’g’inga bo’lib yozing, har bir bo’g’inning tarkibini aiqlab yozing.
Gapni kam so’zla,
Ishni ko’p ko’zla.
2 - kartochka
Maqolni o’qing. Undagiso’zlarning talaffuzi va imlosini qiyoslang, farqini ayting.
Tekinning minnati ko’p,
Mehnatning ziynati ko’p.
3- kartochka
Tez aytishni mashq qiling. Qaysi tovushlarning talaffuzida qiynalayotganingizni aniqlang.
Qishda kishmish pisharmish
Pishsa kishmish qishmasmish.
4-kartochka
Topishmoqni o’qing, javobini toping. Tomishmoqdagi qaysi so’zlar tarkibidagi tovushlar talaffuzda tushib qolayotganini aniqlang.
Bir daraxtda o’n ikki butoq,
Har butoqda o’ttizlab yaproq,
Yaproqlarning yarmi qora, yarmi oq,
Qani, kichik do’st, o’ylab top!
5- kartochka
Fasl, e’tibor so’zlarini toush harf tomondan tahlil qiling.
6 -kartochka
Bir undosh tovush bilan farqlanadigan so’zlarga beshta misol topib yozing.
7-kartochka
Nuqtalar o’rniga mos harfni qo’yib, so’zlarni ko’chirib yozing.
Bax., sichikla., tiki., mar., atro., balan.,poytax..
8 -kartochka
Matnni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni tovush harf tomondan tahlil qiling.
Toshkent O’zbekistonning poytaxti. U katta , chiroyli, madaniy va obod shahar.
Toshkentda hashamatli va ko’p qavatli binolar ko’p.
9- kartochka
Kaptar so’zini tovush tomondan tahlil qiling.
10-kartochka
E’tibor so’zini tovush tomondan tahlil qiling.
1 -4-sinflarda “Tovushlar va harflar”bo’limini o’rganishda tarqatma materiallardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.
“Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda turli krossvordlar ham yaxshi samara beradi. Krossvord o’yinini o’tkazish uchun o’quvchilar yoshiga mos holda juda soda ko’rinishda krossvordlar tuzib olinadi. O’quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. Dastlab krossvordlar o’qituvchi boshchiligida hal etiladi. O’quvchilarda krossvordlarni hal etish ko’nikmlari paydo bo’lgandan keyin o’qituvchi nazorati ostida mustaqil yechadilar.
“Krossvord” o’yini o’quvchilar dunyoqarashini o’stirish bilan birga, ularga so’zlar imlosini yodda saqlab qolishlariga ham imkoniyat yaratadi.
Boshlang’ich sinflarda krossvordlar suratlar asosida ham berilishi mumkin. Suratlar asosida berilgan boshqotirma quyidagicha yechiladi:
O’qituvchi: 1-suratda nima tasvirlangan?
O’quvchilar: Anor.
O’qituvchi: “Anor” so’zi nechta harfdan iborat?
O’quvchi: To’rtta.
O’qituvchi: “Anor” so’zini “1” raqami ostidagi to’rtta katakchaga yuqoridan pastga qarab yozamiz.
2-suratda nima tasvirlangan? ….. .
Shu tarzda katakchalarga so’zlarni o’qituvchi yozib bergam bo’lsa, keying so’zlarni o’quvchilar navbat bilan yozishlari mumkin. Katakchalarni to’ldirishda o’quvchilarning bevosita ishtiroki ularning qiziqishlarini oshiradi.
Katakchalar to’ldirib bo’lingach, o’qituvchi ajratib ko’rsatilgan (yo’g’on chiziq bilan chegaralangan) katakchalarda yozilgan so’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda o’qiydi.
Krossvordlarn darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlrda foydalanish mumkin.
Biz quyida krossvordlardan na’munalar keltiramiz.
“Yovvoyi hayvonlar”
-
II bob yuzasidan xulosalar
Boshlang’ich sinf ona tili darsining bosh vazifasi nutq o’stirish hisoblanadi. O’quvchilarning nutqi talab darajasida bo’lishiga erishishda ba’zi grammatik mavzular nazariy va amaliy o’rganiladi. Demak, nutq yaxlit, bir butun hodisa ekanligini inobatga olsak, boshlang’ich sinflarda ham tilning turli tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganiladi.
1-4-sinflarda ona tilini o’rganishning maqsad, vazifalari Davlat ta’limi standartida aniq belgilab berilgan. Bola ona tilini o’rganish jarayonida tafakkuri, nutqi o’sadi. Bu vazifani bajarishda o’qituvchi va o’quvchilarga darslik yaqindan yordam beradi. Afsuski, boshlang’ich sinf “Ona tili” darsliklarida didaktik o’yinlarga o’yinlarga yetarli e’tibor berilmagan. Vaholanki, bunday o’yinlar dars samaradorligiga, o’quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga yaqindan yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |