Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə49/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
DHN savollar javobi

Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Mamlakatni mudofaa qilish;
2. Xalqaro miqyosda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik;
3. Xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning davlat mustaqilligini 170 dan ortiq davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Toshkentda 44 ta davlatning elchixonalari hamda 20 ta yirik xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi (jumladan 28 tasi elchixona) ochilgan. Bugun O‘zbekiston 60 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ularning faoliyatida faol ishtirok etmoqda.



49.

Демократик сиёсий режим тушунчаси ва унинг ўзига хос хусусиятлари.

Demokratik siyosiy tartibda davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasining ishtirok etishi ta’minlanadi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.


Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashadi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum)ni amalga oshirish mumkin. G‘ayridemokratik siyosiy tartib demokratik usulga qarshi bo‘lib, totalitar, avtoritar va fashistik shaklda bo‘ladi.
Totalitar usulda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik asosida bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanmaydi, barcha davlat hokimiyati yagona diktatura tarzida amalga oshiriladi. Masalan, sobiq Ittifoq yagona kommunistik partiya diktaturasi asosida boshqarilgan. U totalitar davlat bo‘lib, oxir-oqibat inqirozga uchradi. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
– fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarining mavjudligi;
– davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi;
– vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi;
– siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi;
– hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi;
– davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi;
– huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi;
– jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarning mavjudligi;
– siyosiy partiyalarning muholifatda bo‘lish erkinligining ta’minlanganligi;
– siyosiy plyuralizm qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr)larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi;
– fuqarolik jamiyatining shakllanganligi.
Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberaldemokratik rejim turlari farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, davlatni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tartibdagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidan boshlab hozirgi kunga qadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu Prezidentimiz I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risolada yosh suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan: iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va kuchli ijtimoiy siyosat. Unga ko‘ra O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini tan olish asosida xalqaro va sharq milliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi. 1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatli aholisining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umumxalq referendumida yakdil tasdig‘ini topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshlandi. Respublikada amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amal qilmoqda.Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil, dekabr – 2005-yil, yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining huquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllandi. Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shakli bu tizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlarini yanada kengaytirish ishlari faol olib borilmoqda. Prezident I. A. Karimov «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi», – deb ta’kidladi12



50.

Ижтимоий нормаларнинг тартибга солиш, баҳолаш ва бошқа функцияларини ёритиб беринг.

Ijtimoiy normalar – axloq normalari, odat normalari, huquq normalari, an’analar, jamoat birlashmalarining normalari, diniy normalar kabi turlarga ajraladi. Ular turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar hamda qatlamlar tomonidan vujudga keltiriladi. Xususan, davlat o‘z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquq normalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv zaruriyatdir. Huquqiy normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoliyatining andozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatining algoritmi, taraflarning huquq va majburiyatlari me’yori aks ettiriladi. Huquq insonlar xatti-harakatini subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar shaklida me’yorlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativ tarzda tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri, ularni tartibga solishi huquqni amalga oshirish jarayonining bevosita natijasidir. Mazkur qoidani tushunib olish uchun «huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish» iboralarining ma’nosini tahlil qilish lozim. «Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» iborasi anchagina keng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq ta’sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi.


Huquqning bunday ta’siri – normativ (umummajburiy) regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquq ishlab chiqarish munosabatlariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta’sir etib, ularni mustahkamlaydi, qo‘riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg‘or va ijobiy ijtimoiy
munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi. Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi. Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi ijtimoiy normalar bo‘lib, jamoaning turmushdagi, mehnatdagi va oiladagi munosabatlarini tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Ijtimoiy normalarga – odat, axloq, diniy va boshqa normalar kirgan. Ibtidoiy davrdagi ijtimoiy normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamiyatni boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z ahamiyatini yo‘qota borgan, metall eritish va metall qurollar tayyorlash ishlab chiqarish vositalarining takomillashish omili bo‘ldi. Bu hol jamiyatning iqtisodiy negizi rivojlana borib, ma’naviy hayoti o‘zgarishiga olib keldi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyotning o‘sishiga, sifat jihatidan yangi ishlab chiqarish usuliga o‘tishiga yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin