Blanket normalarda esa – qaysi qoidalarni bajarish zarurligi (davlat standartlari qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari) umumiy tarzda ko‘rsatiladi. Huquq normalari sanksiyalarining aniqligiga qarab, mutlaq aniq, nisbatan aniq huquqiy normalarga bo‘linadi. Mutlaq aniq sanksiyali huquqiy normalarda davlatning aniq bitta majburlov chorasi ko‘rsatiladi, masalan, yetkazilgan zararni qoplash kabi. Nis-batan aniq sanksiyali huquq normalarida esa, turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy ta’sir chorasi turlaridan birini qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday sanksiyalar muqobil (alternativ) sanksiyalar ham deb yuritiladi. Jinoyat kodeksining aksariyat sanksiyalari alternativ sanksiyalardir. Muqobil sanksiya «yoki-yoki» uslubida bayon etiladi. Masalan, muayyan jinoyat uchun yoki jarima jazosi, yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazarda tutiladi.
Kumulyativ sanksiyali huquq normalari o‘zida asosiy jazodan tashqari qo‘shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi, masalan, muayyan jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazodan boshqa yana mol-mulkni musodara qilishni ham mustahkamlaydi. Huquq normalari yana asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar mustah-kamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esa umumiy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, normativ hujjatlar normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi). Huquq normalari yana harakati hududiga qarab, umumiy harakat qiluvchi, mahalliy miqyosda harakat qiluvchi normalarga bo‘linadi. Bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik inqiroz hududlarida, juda baland tog‘li sharoitda,
cho‘l zonasida, radiaktiv xavf mavjud bo‘lgan zonalarda va h.k. Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqqli bo‘lsa, ikkinchisi aholining muayyan guruhi uchun, yoki aniq belgilangan doiradagi subyektlarga, jumladan, pensio-nerlarga, nogironlarga, soliq idorasi xodimlariga taalluqli bo‘ladi. Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini yana imperativ, dispozitiv normalar guruhlariga bo‘lishadi. Imperativ normalar davlat amri xarakteriga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Dispozitiv normalar imperativ normalardan farqli o‘laroq, munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlari, subyektiv huquq va majburiyatlar hajmi to‘g‘risida kelishib olish imkonini o‘zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko‘proq fuqarolikhuquqiy munosabatlarida uchraydi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida biron-bir munosabat bir emas, balki bir necha huquqiy normalar ta’siri obyekti bo‘lib qolishi mumkin va bu holda o‘sha normalarning qaysi biri bilan ushbu munosabatni tartibga solish masalasi ziddiyatli bo‘lib qoladi. Bu holatni hal etish uchun tanlangan norma – kollizion normalar ya’ni, bir-biriga qarama-qarshi normalar hisoblanadi. Shu bois kollizion normalar «hakam – norma» deb yuritiladi. Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat qarori bilan turlicha tartibga solinadi. Bu holda ushbu munosabat yuridik kuchi yuqori bo‘lgan norma-qonun normasi bilan tartibga solinadi.
45.
|
Ҳуқуқий маданиятнинг таркибий тузилишини баён этинг.
|
Huquqiy madaniyat serqirra tushunchadir. U huquqiy ong qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan, ularning huquq haqidagi tasavvurlari intilishlari va tuyg‘ularidan iborat. Shaxs u yoki bu huquqiy munosabatga kirishar ekan, ongli ravishda uning oqibatini bilib harakat qiladi. Agar huquqiy ong shaxs ruhiyati orqali qonunning tub ma’nosini tushunib, uni qabul qilish xususiyatini o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyat bu jarayonni amalga oshirish ifodasini bo‘lib hisoblanadi. Agar huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat yuqori saviyada bo‘lib, bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, huquqbuzarlik, qonunga rioya qilmaslik yoki nojo‘ya harakatlar sodir etilmaydi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun normalariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, qonunni qo‘llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. «Biz,– dedi I.A. Karimov, – odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgar-tirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi erkinliklari – ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin». Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab huquqiy ong uch turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Odamning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Masalan: insonni ishga joylashishi, kollej yoki oliy o‘quv yurtiga kirish qoidalari yoxud yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun javobgarlik haqidagi bilimlari.
Dostları ilə paylaş: |