Prokuratura organlari – O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining
Bosh prokurori va unga bo‘sunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
2. Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (ierarxiyaga) ko‘ra:markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy organlar markaziy organlarning bo‘ysunuvida bo‘ladi. Markaziy davlat organlari chiqargan
normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, mahalliy davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziy davlat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va farmoyishlari respublikaning butun viloyat hokimlari uchun majburiy ahamiyat kasb etadi, viloyat hokimining qarori faqatgina u rahbarlik qilayotgan viloyat hududida amal qiladi va bu qarorni yuqori turuvchi tashkilot – Bosh vazir yoki Prezident bekor qilish huquqiga ega.
3. Vakolat muddatiga ko‘ra: Doimiy va vaqtinchalik davlat organlari. Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan, ichki ishlar idoralari, soliq va bojxona idoralari.
Vaqtinchalik organlar – jamiyatdagi biron-bir muhim vazifani muayyan bir muddatda amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi. Masalan, turli xil tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda davlat tomonidan ushub xavflarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki operativ shtab tashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan bir muddatda faoliyat yuritadi.