Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

5,2−5,8%
lik prognoz koridori doirasida bo‘lishi kutilmoqda. 2023 yil uchun 
esa iqtisodiy o‘sish sur’atlari joriy yilgidan biroz sekinlashib 
4,5−5%
ni tashkil etishi 
prognoz 
qilinmoqda. 
 Tashqi iqtisodiy sharoitlar.
AQSh Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit 
sharoitlarining qat’iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSh 
dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17%ga 
oshib 112 bandni tashkil etmoqda. Bu esa, iste’molda import ulushi yuqori bo‘lgan 
va inflyatsion 
kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda inflyatsion 
jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda. Tashqi vaziyat va savdo 
hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi 
hisobiga mamlakatga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendentsiyalar kuzatilmoqda. 
Jumladan, 9 oyda oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6%ga 
ortib-
$11,1 mlrd.
ni tashkil etdi. 
Pul-kredit sharoitlari 
Joriy yilning o‘tgan davrida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 1,5 
barobargaoshdi. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar darajasida ijobiy o‘zgarishlar 
sezila boshlagan bo‘lsa ham, tashqi xatarlar va noaniqliklar yuqoriligicha saqlanib 
qolayotganligi, pul-kredit sharoitlarini o‘zgartirishda ehtiyotkorona yondashuvni 
kelgusida ham saqlab qolishni talab etadi. Regulyatorda qayd etilishicha, tashqi va ichki 
iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik 
bilan o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boriladi. Pul 
aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar 
dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining 
maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini 
ko‘rsatadi. 


60 
 
2-rasm 
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada 
o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu 
bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv 
pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi. 


61 
3-rasm 
Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul agregatlarini samarali 
boshqara olishi qobiliyati bilan bog‘liq. Odatda, markaziy banklar rezerv pullar 
darajasini samarali boshqara oladilar, ammo pul massasini nazorat qilishda 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan hamda moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda ko‘p 
kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga bo‘lgan talab keskin 
o‘zgarib turishi mumkin. Pulga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul 
massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga bo‘lgan 
talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi. Bunday holatda, pulga bo‘lgan talab va foiz 
stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik sust bo‘lganligi sababli Markaziy bank uchun pul 
massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi. Yuqorida qayd 
etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi pullar hajmining oraliq mo‘ljallardan 
chetlashishi Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin