BOLIVIYA
Rasmiy nomlanishi Boliviya respublikasi
Mustaqillik sanasi 1825 yil 6 avgust (Ispaniya mustamlakasi bo`lgan)
Rasmiy tili Ispan, Aymara, Kechua va Guarani
Poytaxti La-Pas, Sukre
Yirik shaharlari La-Pas, Santa-Krus-de-la-Sierra,
Boshqaruv shakli Unitar respublika
Maydoni 1,099 mln km.kv. (dunyoda 27-o`rinda)
Aholi soni 9 mln kishi (dunyoda 86-o’rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 8,2 kishi
Pul birligi Boliviano (VOV kod 068)
Geografik joylashuvi. Boliviya respublikasi — Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat. Boliviya, shimol va shimoli – sharqda Braziliya; janubi-sharqda — Paragvay; janubda Argentina; janubi-g’arb va g’arbda esa — Chili va Peru bilan chegaradoshdir. Boliviya hududi shartli ravishda 3 ta geografik zonalarga bo’ladi. Eng baland Altiplano platosi mamlakatni shimoli-g’arbdan janubi-sharq tomon, And tepaliklarini G’arbiy (Vulqonli) va Sharqiy Kordilyeralar tizmasiga kesib o’tgan bo’lib, dengiz sathidan 3500-4000 m baland joyda joylashgan yerlari unumsiz hudud hisoblanadi. Bu yerda maml katning eng yuqori nuqtasi - Nevado-Saxoma (6542 m) tog’i joylashgan. Boliviyaning dengizga olib chiqadigan yo’llari umuman yo’q. Iqlimi adirlarda tropik va subekvatorial, tog’li hududlarda esa keskin-kontinental bo’ladi.
Boliviyadagi havo-iqlim sharoitlar, dengiz sathidan baland turgan joylarga bog’liqdir. O’rtacha oylik haroratlar, yoz (dekabr oyidan fevral oyiga qadar) faslida tekis maydonlarda: +21° C dan +24° C gacha, Kordilyera etaklarida esa:
+3°C gacha o’zgarib turadi. Qish (may oyidan avgust oyiga qadar) faslida o’rtacha harorat: +19o C dan — 10oC gacha tushishi mumkin. Ekvatorga yaqin joylashgani sabab yil fasllari uncha aniq, aks etmagan — yozgi va qishki fasllarda havo harorati adirlarda 10° C, tog’li hududlarda esa 30° C ni tashkil etadi. Yomg’irlar fasli oktabr-noyabr oyidan boshlab, mart oyiga qadar davom etadi. Boliviyaning asosiy daryolari: Beni, Mamore, Guapore va h.k., ko’llari esa Titikaka va Poopo hisoblanadi. And tepaliklari va Amazonka adirlarida xamisha yashil namli o’simliklar, tog’oldilarida esa cho’lli o’simliklar bilan qoplangandir. Milliy bog’lari: Isiboro-Sekure, Uanchaka, Pilon-Laxas va h.k. hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |