Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə13/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
zhanubij amerika

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan mamlakat 9 departament, ular esa 98 ta provinstiyalar bo’lingan.

30

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: taxminan 25 % ni, ispaniyaliklar va hindu qabila vakillari qonidan kelib chiqqan boliviyaliklar tashkil etiladi. Aholining taxminan 15 % ni ispaniyaliklar, 2 % ni - Afrikadan chiqqanlar tashkil etadi. Mamlakat aholisining qolgan qismini — kechua (25 %), aymara (17-30 %) hindu qabilalari tashkil etadi. Rasmiy tili — ispan, aymara, kechua va guarani tillari hisoblanadi Dini: xristian – katoliklar – 95 % va protestantlar.



Siyosiy tizim. 1967 yilda qabul qilingan va amalda bo’lgan Konstitusiyaga muvofiq, Boliviya unitar demokratik davlat hisoblanadi. Ijroiya xokimiyati — prezident va davlat vazirlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va hukumat boshlig`i - Prezident. qonunchilik hokimiyati — Ikki palatali Kongress (Senatorlar va Deputatlar palatasi) ga tegishli.

Sud tizimi o’z tarkibiga — Yuqori, okrug, mahalliy, va konstitutsion sudlarni kiritgan. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Boliviya — BMT, Amerika davlatlari tashkiloti Lotin Amerika integrastiyasi assotsatsiyasi hamda Janubiy Amerika umumiy bozorining rasmiy a’zolaridan hisoblanadi.



Iqtisodiyoti. Tog’-kon va tabiiy gaz sanoati — Boliviya xo’jaligining asosini tashkil etadi. Boliviya — olova, surma, volfram qo’rgoshin, sink, neft, tabiiy gaz va boshqa rangli metallarni qazib olish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi. To`qimachilik, metallni qayta ishlash, oziq – ovqat sanoatlari, rangli metallurgiya va neft – kimyo korxonalari rivojlangan. Eksport uchun: tog’- kon xom – ashyosi, neft, tabiiy gaz, yog’och, zargarlik buyumlari, dukkaklar va soya yetkazib beriladi. Import orqali: transport uskunalari, sanoat xom-ashyosi, xalq iste’mol mollari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSh, Argentina va Buyuk Britaniya.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin