VENESUELA
32
Rasmiy nomlanishi Venesuela Bolivarian respublikasi Mustaqillik sanasi 1811-yil 5 iyul (Ispaniya mustamlakasi bo’lgan) Rasmiy tili Ispan
Poytaxti Karakas
Yirik shaharlari Karakas, Marakaybo, Valensiya Boshqaruv shakli Unitar respublika
Maydoni 912 ming km.kv. (dunyoda 32-o`rinda)
Aholi soni 26,28 mln kishi (dunyoda 45-o`rinda)
Zichligi 28,8 km.kv. ga kishi
Pul birligi Venesuela bolivari (UEV)
Geografik joylashuvi. Venesuela Bolivarian Respublikasi Janubiy Amerikaning shimoliy qismidagi janubda —Braziliya, g’arbda — Kolumbiya va sharqda — Gayana orasida joylashgan davlatdir. Shimolda - Atlantik okeanining Karib dengizi suvlari yuvib turadi. Aves, Orchila, Los-Armanos, Los-Testigos, Margarita, La-Tortuga, Los-Rokes va Blankilya kabi orollar hamda Karib dengizining janubiy qismidagi mayda marjonorollar (taxminan 72 ta) va riflari (taxminan 200 ta) Venesuelaga tegishlidir. Mamlakat hududining katta qismida ekvatorial iqlim hukm suradi. havo harorati yil bo’yi, o’zgarib +21° C +26° C gacha, Karkasda: +18° C dan +20° C gacha, Marakayboda esa: +27° C dan +29°C gacha o’zgarib turadi. Venesuela bir-biridan relyefi, iqlimi va o’simligi bo’yicha shartli ravishda 4 qismga bulib chiqish mumkin. And tepaliklarining tog’ qismi chiziq bo’lib butun mamlakat bo’ylab mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismi bo’ylab tortilgan. And tepaliklirining bo’laklari Venesuelada yomg’irli o’rmonlar va qahva hamda kakao plantatsiyalari qoplangan vodiylar va adirlarini tashkil etadi.
Mamlakatning eng yuqori cho’qqisi bo’lgan, Serra – Nevada – de – Merida tog’lari deyarli butun yil davomida qor bilan qoplanib turadi. Apure va Orinoko (Janubiy Amerikadagi kattaligi bo’yicha uchinchi o’rinda turadigan daryolar) daryolari hovuzida yotgan Lyanos (Los-Lyanos) hududi, mamlakat hududining taxminan 30 % ni tashkil etadi. Mamlakatning janubi - sharqida — Venesuelaning qazilma boyliklarining eng asosiy zahirasi va eng faol turizm hududiga aylangan balandligi 2700 m bulgan Gvian yassi tog’i joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |