Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə5/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
zhanubij amerika

Ichki suvlari. Janubiy Amerika maydoniga ko’ra faqat Antarktida bilan Avstraliyadan katta bo’lishiga qaramay, oqimning umumiy hajmi jihatidan (7500 km3) Yevrosiyodan boshqa barcha materiklardan oldinda turadi, oqim qavatining o’rtacha qalinligiga ko’ra esa (417 mm) Yer yuzida birinchi o’rinni egallaydi.

Janubiy Amerikadagi zich, yaxshi rivojlangan daryo tarmoqlarining shakllanishiga materikning iqlim sharoiti, rivojlanish tarixi va materik relyefi qulay imkon bergan. Janubiy Amerikaning katta qismi mezozoydan boshlab quruqlikdan iborat bo’lgan. Bu esa, materikning ancha qismida suv tarmoqlarining qadimiy ekanligini belgilagan. Janubiy Amerika relyefi balandliklar farqining kattaligi va juda keng pasttekisliklarning baland tog` tizmalari bilan yonma-yon joylashganligi bilan xarakterlanadi. Bu hol katta va murakkab daryo tizimlarining shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Janubiy Amerika daryolarining asosiy to’yinish manbai - yomg`ir suvlaridir. Muzlik suvlari And tog`larining janubidagina ahamiyatga ega. Qor suvining salmog`i juda kam.

Janubiy Amerikada qurg`oqchil hududlar kam ekanligidan, chekkasidan daryolar oqib o’tmaydigan oblastlar yer yuzasining kichik bir qisminigina egallaydi. Bular: Gran-Chakoning janubiy rayonlari, And tog`larining ichki yassi tog`liklari, Atakama botig`i va Tinch okean sohillarining markaziy qismlaridir.

12

Janubiy Amerika katta qismining gidrologik rejimi, Afrikadagi kabi, yomg`irlarning ko’pligi va ularning mavsumiy yog`ishiga bog`liq. Faqat ekvator yoni rayonlari va chekka janubi-g`arbdagina yog`inlarning bir tekis taqsimlanganligi sababli daryolar rejimi ham bir tekisdir. Janubiy Amerikaning eng katta daryosi Amazonka. Bu daryo havzasining katta qismi ekvatordan janubda joylashgan. Daryo havzasining maydoni 7 mln. km2 dan ortiq, bosh irmog`idan hisoblangan uzunligi 6480 km. Amazonka daryosining suv sarfi dunyodagi eng katta daryolar suv sarfidan bir necha baravar katta. U o’rta hisobda 120 ming m sek ga teng. Amazonkaning yillik o’rtacha oqimi (3800 km3) butun Janubiy Amerika daryolari oqimining ko’p qismini va yer sharidagi hamma daryolar oqimining 15% ini tashkil etadi.



Amazonkaning bosh irmog`i Maranon daryosi bo’lib, nisbatan yaqinda o’rganilgan. Bu daryo And tog`larida 4840 m balanddan boshlanadi. Faqat tekislikdagi birinchi yirik irmog`i - Ukayali kelib quyilgandan keyingina daryo Amazonka nomini oladi.

Amazonkaning ko’pdan-ko’p irmoqlari And tog`lari bilan Braziliya va Gviana tog`liklari yon bag`ridan oqib tushadi. Ulardan ko’pchiligining uzunligi 1000 km dan ortadi. Amazonkaning ko’p yirik irmoqlari janubiy yarim shar daryolaridir. Uning eng katta so’l irmog`i Riu-Negru (2300 km), eng katta o’ng irmog`i va umuman Amazonkanint eig yirik irmog`i Madeyra (3230 km) dir.

Manon va Ukayali irmoqlari kelib qo’shilgach, Amazonka o’zanining kengligi 1-2 km bo’lib, u quyi qismiga tomon tez kengaya boradi. O’zanining kengligi Manaus yaqinidayoq 5 km ga, quyi qismida 20 km ga yetadi, quyilish joyida esa Amazonka bosh o’zanining kengligi ko’pdan-ko’p orollar bilan birga 80 km ga teng. Amazonka daryosi sathi pasttekislikning g`arbiy qismida deyarli qirg`oq yuzasiga to’g`ri keladi va u deyarli shakllangan vodiy hosil qilmaydi. Sharqqa tomon daryo ancha chuqur vodiydan oqadi, suvayirg`ich maydonlar bilan suv sathi orasida keskin balandlik farqi vujudga keladi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin