Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Ot Ot va uning UGMsi



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə13/25
tarix27.11.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#120011
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI

Ot


Ot va uning UGMsi. Кim, nima, qayer so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik–ot. «Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash» – ot turkumining UGMsi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy emas, balki grammatik mohiyatga ega. Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a’zosiga ta’sir etuvchi narsa predmet deyiladi. Grammatikada esa u keng ma’noda tushuniladi, «mavjudlik» mohiyatiga ega deb qaraladi.
Ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmaga, yasalish tizimiga, xoslangan sintaktik pozitsiyalariga ega.
Ot borliqdagi bir turdagi predmetdan birining yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra atoqli va turdosh otga bo‘linadi.
Atoqli ot matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma’nosiga ega bo‘lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan, [Lobar] so‘zining atoqli yoki turdosh ekanligi shu so‘zni qurshab turgan so‘z yordamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot olmoshga o‘xshab ketadi.
Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra:
a) muayyan;
b) mavhum otlarga bo‘linadi.
Muayyan va mavhum ot. Muayyan ot quyidagi LMTga ega:

  1. Modda nomi: [oltin], [kumush], [qum], [suv].

  2. Shaxs tavsifi nomi: [yigit], [chol], [o‘zbek], [tojik], [cho‘loq], [kasal], [ota], [ona].

  3. Buyum nomi: [qalam], [kitob], [cho‘mich], [kosa], [gilam], [sholcha].

  4. O‘simlik nomi: [daraxt], [buta], [o‘t], [jiyda], [ildiz].

  5. O‘rin-joy nomi: [qishloq], [shahar], [sahro], [adir].

  6. Miqdor nomi: [misqol], [tonna], [botmon], [chaqirim].

  7. Tashkilot va muassasa nomlari: [maktab], [idora], [do‘kon], [bozor].

  8. Vaqt-payt nomi: [kun], [fasl], [tong], [kecha] .

Bu har bir LMT o‘z ichida bir necha lug‘aviy-ma’noviy guruh (LMG) ga bo‘linib ketadi. Masalan, shaxs tavsifi nomi quyidagi LMGga ajraladi:

  1. Shaxsni yosh jihatdan tavsiflovchi LMG: [chol], [qari], [o‘smir], [o‘spirin].

  2. Shaxsni qarindoshlik jihatdan tavsiflovchi LMG: [opa], [ona], [singil], [egachi], [buvi].

  3. Shaxsni kasb jihatdan tavsiflovchi LMG: [ishchi], [dallol], [dehqon], [suvchi], [mirob].

  4. Shaxsni istiqomat jihatdan tavsiflovchi LMG: [qishloqi], [toshkentlik], [shaharlik].

  5. Shaxsni tashqi belgilari jihatdan tavsiflovchi LMG: [bukri], [novcha], [pakana].

  6. Shaxsni ruhiy holati jihatdan tavsiflovchi LMG: [jinni], [ovsar], [dovdir], [ezma].

  7. Shaxsni ijtimoiy jihatdan tavsiflovchi LMG: [boy], [kambag‘al], [xasis], [ziqna].

Boshqa LMT ham shunday LMGga bo‘linadi. Masalan, «Hayvon nomi» LMTsi LMG lari: «qoramol» LMG, «ot» LMG, «qo‘y» LMG, «echki» LMG, «it» LMG, «eshak» LMG, «tovuq» LMG va h.k. [ 14 ]
Muayyan ot LMG lari nisbatan barqaror va o‘ta keng, deyarli cheklanmagan va o‘zgaruvchan qurshovdan iborat. LMG markazidagi leksemalar o‘zaro giponimik, partonimik, graduonimik, funksionimik, ierarxionimik munosabatlarda yashaydi. Masalan, [daraxt] leksemasi quyidagi jins-tur munosabati: [qayin], [tol], [o‘rik], [terak], [majnuntol], [archa]. Funktsionimik asosda tuzilgan LMG ancha oz: [qalam], [ruchka].

Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin