Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə2/25
tarix27.11.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#120011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI

Mavzuning dolzarbligi. Tilshunoslik tarixida so`zlarni tasnif etishdek chigal va ko`p muhokama etilgan masala bo`lmasa kerak. Panini, Arastudan boshlab, hozirgacha tilshunoslar bu muammo ustida bosh qotiradilar. Zero, so`z lug’at va grammatikaning asosiy birligi sifatida har bir tilshunos oldiga o`z tabiatini imkoni boricha to`liq va ziddiyatsiz talqin etish vazifasini qo`yadi. Bu esa so`zlarga xos bo`lgan aynanlik, o`xshashlik va farqlarni aniqlash, ularni tasnif etish hamda guruhlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Mavzu dolzarbligini belgilovchi omillardan biri shuki, so`z turkumi tasnifi bilan shug’ullangan tilshunoslarimiz tasnif oldiga qo`yiladigan eng umumiy falsafiy-mantiqiy talablarga yetarli darajada e`tibor bermaganlar. Bu g’olat, ayniqsa, o`zbek tilshunosligida yaqqol seziladi. Tilshunosligimizda uch mezonli asos (semantik, morfologik, sintaktik) bilan ajratilgan so`z turkumlari tasnifiga chuqurroq mohiiyat asosida yondashish hozirgi kunda sifat jihatdan tez rivojlanayotgan lingvistikamizning muhim vazifalaridan biridir. So`z turkumlari tasnifini yangicha asoslarda umumlashtirgan holda o’rganish dolzarblik kasb etadi.
Tadqiqot manbaini shaklan va mazmunan yaxlitlikka ega bo`lgan so`z (leksema)lar tashkil etadi.
Ishning metodologik asoslari va tahlil usullari. Ishda dialektik falsafiy metodologiya asos bo`ldi, narsaning serqirraligi haqidagi ta`limotga asoslanildi.
Bitiruv ish mavzusining maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi tasnif masalalarini va ular tarixini o`rganish, o`zbek tilidagi so`z turkumlari tasnifini substansial asoslarda bilish, ular haqida xulosalar chiqarish, tasniflashlardagi farqli tomonlarni hamda so`z turkumlarining ilmiy va mantqiiy izchil tasnif usullarini ilg’ay olish .
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. So`z turkumlari tasnifi masalasi amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar asosida yana bir karra o`rganildi. O`zbek tilshunosligida an`anaviy (klassik) hamda hozirgi zamonaviy (formal-funksional) ilmiy yondashuvlar asosida so`zlar tasnifi qiyosan taqlilga tortildi. So`zlarni guruhlashdagi haqiqiy, idrokiy mezonlar o`rganildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati nafaqat til hodisalari, balki boshqa hodisalarda ham serqirralilik xos ekanligi xususida hukm chiqarishga imkon beradi.

Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin