Buyuk Britaniya, ingl. Great Britain



Yüklə 417,5 Kb.
səhifə5/6
tarix18.09.2023
ölçüsü417,5 Kb.
#129051
1   2   3   4   5   6
Buyuk Britaniya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Teatri

Musiqasi


B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qo’shikchilari ijodida ballada (doston qo’shig’i) asosiy o’rin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-a.larda paydo bo’ldi. Bular J. Dansteybl (15-a.) ijodida rivojlandi. Uyg’onish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-a.da U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari bo’lishdi. 17-a.ning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-a.da B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.
19-a. oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida ko’zga ko’rinarli o’ringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol o’ynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa o’quv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 y.da ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qo’yiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qo’shdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va b. 20-a.ning atoqdi musiqachilaridir.


Teatri


B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bog’liq o’yinlar va urf-odatlardan boshlanadi. O’rta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-a.dan Ko’chma professional teatrlar yuzaga kelib, Uyg’onish davrining insonparvarlik g’oyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-a. oxiri — 17-a. boshi B. B. teatrining „oltin davri“ bo’ldi. Bu davrda 3 xil teatr bo’lgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-a.ga kelib, teatr ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy o’rinni egalladi. 19-a. dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga o’tdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon sh.da Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961 y.dan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-a. boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qo’yildi. 20-a.ning 30—40-y.larida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 y. Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rej.lar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqli namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr o’quv yurtlari: Qirollik drama san’ati akademiyasi (1904 y.dan), Bristol unt.ining teatr fakulteti.
B. B.da teatr raqsi o’rta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol o’ynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.
B. B. sirki 18-a.da laydo bo’lib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pog’onaga ko’tarildi. U ot o’ynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol o’ynadi. B. B.da yezda ko’chma sirklar ishlaydi.
Kinosi. B. B.da kino i. ch. 1896 y.dan boshlandi. 1929 y. birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli filmlar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 y.da tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rej. A. Askvit, „39 qadam“, rej. A. Xichkok kabi). 2-jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Mag’rur vodiy“, rej. P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rej. R. Boulting, „Yong’inlar boshlandi“, rej. X. Jennings) ilg’or tamoyillar kuchaydi. Urushdan so’ng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rej. L. Olivye, „Oliver Tvist“, rej. D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar i. ch.da „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (1956-59). 60-70-y.larga oid „O’ziga xos ishq“ (rej. J. Shlezinger), „Yolg’onchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rej. L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir.






Yüklə 417,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin