Byudjet hisobi


Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə69/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

3.Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini 
tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari. 
Tashkilotlar belgilangan shaklda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani har yili
tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini va
xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.

1. Tashkilotlar quyidagi byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni 
tuzadilar: 
- Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi;
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi;
- ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
- qonunchilikda belgilangan boshqa barcha byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan,
vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari,
yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi
va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan
mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda
va
tartibda
ro‘yxatdan
o‘tkaziladi.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o‘tilgan Nizomda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada byudjetdan tashqari mablag‘lar
tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarning daromad qismiga byudjetdan tashqari
mablag‘larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbaalari bo‘yicha kutilayotgan
mablag‘lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag‘lar qoldig‘i kiritiladi.
Qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar hisobidan
xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga shtatlar jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan
o‘tkaziladigan byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham
ro‘yxatdan
o‘tkazish
uchun
taqdim
qilinadi.
Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali,
shuningdek amaldagi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar ular
moliya
organlarida
ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan
so‘ng
amalga
kiritiladi.
Tashkilotlarning tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotni
moliyalashtirish amalga oshiriladigan tegishli byudjetning parametrlari tasdiqlangan paytdan
boshlab qirq kundan kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10 fevralidan kechikmagan holda)
tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya organlarining rahbarlari, qaramog‘ida quyi tashkilotlari bor bo‘lgan yuqori
tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda, har bir tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini
belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni butunlay tugatishni hisobga olgan holda belgilaydilar.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha
smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
-O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjeti va Toshkent
shahrining shahar byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida;
-shaharlar va tumanlar byudjeti tasarrufidagi tashkilotlar – shaharlar va tumanlar moliya
bo‘limlarida.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin