Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-147-154
E-mail: carjisor@carjis.org
149
joylashtirish); vizual muloqot (“ko’zlar to’qnashishi”); “hidlar tili”. Noverbal
muloqot vositalari muloqotda yordamchi (ba’zida mustaqil) vazifani o’taydi. Ular
verbal ta’sirni kuchaytirish yoki susaytirish bilan bir qatorda kommunikativ
jarayonningmuhim jihatlarini aniqlashga yordam beradilar, masalan, muloqot
ishtirokchilarining asl niyatini. Noverbal muloqot-tilsiz muloqot, “tana tili”: boshni
burish va tebratish; ma’noli qarash; niyatni anglatuvchi imo-ishora; hatti-harakatlar;
turli ma’nolarni
anglatuvchi barmoqlar, qo’llar holati va shakli; ruhiy holatni
ifodalovchi yelka harakati; kayfiyat, fe’l –atvorni aks ettiruvchi tana holati, gavdani
tutish, yurish-turish; muloqot samaraliligiga ta’sir qiluvchi tashqi qiyofa. “Tana tili”ni
o’qib bilish –samarali muloqot omillaridan biridir. Muloqot samaraliligi-faol
muloqotdan (suhbatdoshga ta’sir qilish) ko’zlangangan natija. Muloqot samaraliligi-
uning integral ko’rsatkichi.Muloqot faol bo’lmog’i kerak: teskari aloqa bilan
(sub’ekt-ob’ekt), to’g’ri savol va yo’nalish bilansuhbatdoshning ongiga yetib borishi,
qiziqishlarni, ehtiyoj va qobiliyatlarni inobatga olishi, faol aloqali bo’lishi,
muammolarni ko’tarishi, bahs-munozarali bo’lishi, fikrlashni talab qilishi, o’z fikrini
bayon qilishga undashi kerak. Samarali
muloqot-nafaqat faol muloqot, balki
muloqotnazariyasini amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish natijasidir.
Muloqot samaraliligi – uning mahsuldorligi: suhbatdoshlarning yaxshi
kayfiyatiga;emotsional-ijobiy va qulay muhitga; xush vaziyat va sharoitga;
suhbatdoshlarning bir birlarini ijobiy qabul qilishlariga, muloqot sub’ektining
suhbatga tayyorligiga bog’liq: maqsadni belgilab olish; tayyorgarlik;suhbat mazmuni,
uni
rejalashtirish; texnologik jarayonni ishlab chiqish;suhbatdoshning diqqatini
tortish va qiziqishini uyg’otish; qiziqarli materiallardan-fakt, misol, shaxsiy xotiralar,
yumor, xalq og’zaki ijodi, badiiy adabiyot, ayniqsa she’riyatdan foydalanish;
suhbatdoshni bilish,
uni hurmat qilish, unga nisbatan izzat-ikrom ko’rsatish, odob-
ahloq qoidalariga rioya qilish; hamfikrlilik; muloqot san’ati-uning nazariy-amaliy
asoslaridan, ayniqsa texnologiyasi va texnikasidan samarali foydalanish;suhbatda
nafaqat boshlovchining, balki suhbatdoshning ham ichki dunyosining ochilishi.
Biz hammamiz dunyoni,
hodisalarni turlicha, o’zimizcha talqin qilamiz. Biz
dunyo to’g’risidagi tasavvurlarimizni va boshqalarning dunyoqarashini qanchalik
yaxshi tushunsak, hayotda shunchalik katta muvaffaqiyatlarga erishamiz, boshqa
insonlar bilan shunchalik samarali muloqot o’rnatamiz, o’zaro ta’sir qilamiz. Boshqa
insonlar bilan o’zaro ta’sirqilishning ahamiyatini unutmaslik juda muhim. Ko’plab
ekspertlarning fikricha, moliyaviy muvaffaqiyaga erishishda
boshqa insonlar bilan
o’zaro ta’sir qila bilish bilim va kasb mahoratidan ko’ra muhimroq. Suhbatdosh bilan
muloqot samarali bo’lishi uchun u bilan aloqa o’rnatish lozim. Harbirimiz suhbat
chog’ida bizni eshitishlarini, tushunishlarini xohlaymiz, shuning uchun
suhbatdoshimizning fikrini ham hurmat qilishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: