Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-147-154
E-mail: carjisor@carjis.org
150
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yana, samarali muloqot o’rnatish uchun suhbatdosh
bilan bir xil ohangda va
bir xil hajmda, uning holatini qabul qilib, (turib yoki o’tirib) so’zlashish
tavsiya
etiladi. Insonlar ularga taqlid qilganni yaxshi ko’rishlarini yodda tutish kerak. Asosiy
gapni gapirish kerak. Suhbatda uzun, ohangjamador iboralardan, umumiy so’zlardan
foydalanmagan ma’qul, chunki bu tariqa so’zlasangiz, sizni tushunmasliklari
mumkin. Gapni po’skallasini gapiringki, suhbatdosh
sizni bemalol tushunsin,
tushunganda ham siz istagandek tushunsin. Noverbal muloqotga e’tibor. Bu
muloqotning juda muhim tarkibiy qismi. Suhbatning atiga 7-10 foizi bevosita
so’zlardan iborat. Bu degani, suhbatning 90 foizi imo-ishoralardan iborat. Noverbal
muloqotdan eshitilgan xabar qanday qabul qilinganini ko’rsatish uchun foydalaniladi.
Sizni to’g’ri tushunishganiga ishonch hosil qilish juda muhim. Suhbat tugab, ma’lum
xabarni yetkazganingizdan keyin, sizni to’g’ritushunganlariga ishonch hosil qiling.
Buning uchun bir necha
oddiy savollar berish mumkin, masalan: “Men nima
demoqchi bo’lganimni tushundingmi?”, yoki boshqa shunga o’xshash savollarni
berish mumkin.Suhbatdosh yetkazgan xabarni qanday qabul qilganligini ko’rsatish
zarur. Uning xabarini bepisand qoldirish yaxshi emas. Suhbat davomida suhbatoshni
diqqat
bilan
eshitayotganingizni,
nimalar
to’g’risida
gapirayotganini
tushunayotganingizni imo-ishoralar bilan yoki biron luqma tashlab, bildirganingiz
ma’qul. Uncha yaxshi tushunmayotgan bo’lsangiz,: “Men seni to’g’ri
tushundimmi?”, deb so’rang. Ana shular
hayotning turli sohalarida va, umuman,
turlicha odamlar bilan muloqotni samarali, demak unumli va maroqli qilishi mumkin.
Muloqot-hayotimizning ajralmas qismi. Biz doim muloqotdamiz, hatto, jim
turganimizda ham (imo-ishoralarimiz, harakatlarimiz orqali). Nega uni yanada
samarali qilmas ekanmiz? Samarali muloqot o’rnatish, ishonchli
aloqa qilish uchun
muloqot texnikasini o’zlashtirish kerak. Bu qo’yilgan maqsadga erishish uchun turli
usul va harakatlar yig’indisidir. Muloqotning universal usullari: xushmuomalalilik,
odob, hazilni tushunish. Muloqotning o’ziga xos usullari: o’qituvchi-talaba;
o’qituvchi-o’quvchi va hokazo. Ammo, har qanday
vaziyatda yaxshi muloqot
o’rnatish
uchun
boshlovchi
do’stona
muloqotda
bo’lishi,
psixologik
tarangliknibartaraf etishi, qulay vaziyatda bo’lishi, sherigini suhbatga tortishi, ijobiy
javoblarga erishishi, o’z hatti-harakatlariga tanqidiy qarashi, o’z tashabbusidan
mohirona foydalanishi lozim. Qizig’i
shundaki, butun dunyo bo’ylab muloqotda
bo’lganlar o’rtasida olib borilgan so’rovlarga ko’ra, samarali muloqot omillari:
eshitish qobiliyati, “tana tili”, ohang, so’zlarni talaffuz qilish qobiliyati.
Butun
dunyoda o’tkazilgan so’rov: – Suhbatdoshingizda sizga nima ko’proq yoqadi?
Eshitish qobiliyati-81%, Gapirish qobiliyati-19%; – Auditoriya sizning xabaringizni
qanday qabul qiladi? “Tana tili” -50%, Ohang -40%, So’zlar -10%. Texnologiya va
texnika yordamida muloqot samaradorligini oshirish-muloqot
maqsadiga nisbatan