D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə63/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Umumiy tarqalishi: O„rta Osiyo (janubiy-g„arbiy Pomir-Oloy), Janubiy Tojikiston va janubiy O„zbekistonning endemi.
Xo’jalikdagi ahamiyati: Yem-xashak va oziq-ovqat o„simligi. Yoqimsiz hidga ega qatron saqlaydi. Barglari quritilgan holda chorva mollari uchun yem-xashak sifatida foydalaniladi. Vegetatsiya davrida barglarida (xom ashyoning quruq vazniga nisbatan % hisobida ): protein 22,75, oqsil 18,25, eruvchan shakarlar 1,1, gemitsellyuloza 3,15, kletchatka 12,81, yog„lar 3,3, barg bandlarida - gemitsellyuloza 5,99, sellyuloza 21,7, protein 7,02, oqsil 5,31, yog„lar 1,88, kul 10,41 mavjud. Mevasidan terpenoid kumarinlaridan tajikorin va tajiferin ajratib olinadi, ularda yoqimsiz hidga ega 0,6% efir moyi mavjud. Bahorda aholi tomonidan yosh poyalari istemol qilinadi. Qatron asosan ildizidan tibbiy maqsadda yig„ib olinadi. Hozirgi vaqtda qatronni yig„ish bo„yicha texnologik ko„rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Agar texnologik ko„rsatmalarga rioya etilsa, o„simlik xom ashyosining yig„imidan keyingi ikkinchi yilda qayta o„sib, tabiiy populyasiyalariga hech qanday zarar yetkazilmaydi. Ferula tadshikorum va Ferula kuhistanica populyasiyalari Bobotog„ o„rmon xo„jalik hududida Quruqsoyda qayd etganmiz. Tashqi tomondan biroz farqidan tashqari, tojik kovragi o„tkir sarimsoq hidi bilan ajralib turadi. Ferula turkumi turlari o„zida shira, efir moyi, ildizlarida esa ko„p miqdorda uglevod va oqsil moddalari saqlaydi. Turkumning alohida turlari qadimdan dorivor o„simlik sifatida ma’lum bo„lib, o„rta asrlardan buyon tabiblar tomonidan ahamiyatli hisoblanadi. Zamonaviy farmakognostikada Ferula turkumi turlarining shirasi gummishiralar ichida efir moyi aralashmasi tufayli «dorixona shirasi» nomli guruhga kiradi. Ular Fetida, sagapen, galbana, sumbul va ammoniakum nomlari bilan yuritiladi. Mazkur shiralarning kelib chiqishi bo„yicha ma’lumotlar xilma-xil.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko„ra, fetida atamasining kelib chiqishi F. Foetida nomi bilan bog„liq. Mazkur mahsulot yoqimsiz sarimsoq hidga ega shira aralashmasi (31,35%) va efir moyi (6-9%) saqlaydi. Mahsulotning tarkibi quyidagicha: efir moyida erigan shira - 61,4%, erimagan shira - 0,60%, gummilar - 25,10%, vanilin -
0,0696%, erkin ferula kislotasi - 1,2896%. Ferula kislotasidan H2SO4 bilan gidrolizlash orqali umbelliforon hosil bo„lib, buning natijasida gvayakol ajralib chiqadi. Shiraning spirtli eritmasini nitrifikatsiyalash orqali pikrin kislotasi hosil bo„ladi. Efir moyining yoqimsiz hidi sulfidlar tufayli bo„ladi. Moy quyidagi moddalarni saqlaydi: pinen SioNi5 6-8%, disulfid C7H14S3 4,5%, disulfid C11H20S2 20%,
keyinchalik (C10H15O)n, C8H10S2 va C10H18S2 [7;8;9;10;11;12].
Farmatsevtikada qon to„xtatuvchi boylam sifatida foydalaniladi. Qadimgi tabobatchilikda bu shira amenoreya kasalligini davolashda kataralga qarshi vosita sifatida tavsiya etilgan. Bundan tashqari, o„simlik kuchli antigelmint hususiyatiga ega.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin