Faol tarkibiy qismlar: tarkibida 60% ferula kislotasi, azaresitannol, kumarinlar, efir moyi, vanilin va boshqa bir qator moddalar mavjud.
Chair - Ferula tadshikorum Pimenov
Ферула таджиков
Botanik tavsifi: Ko„p yillik
monokarp o„simlik bo„lib, bo„yi 1,51,8 m, kuchli sarimsoq hidga ega. Ildizi yo„g„on, vertikal ildizpoyali. Oddiy kaudeksli. Poyasi yakka,
asosida diametri 5-9 sm, siyohrang, silliq, to„liq. Barglari yumshoq, erta quruvchan, ustki qismi deyarli
tuksiz, ostki tomondan kulrang tukli, ildizbo„g„zi va pastki poya barglari bandli, bandlari silliq yoki qisqa tukli, to„liq, ko„p sonli o„tkazuvchi bog„lamli, barg yaprog„i yirik,
uzunligi 40 sm gacha, eni 30 sm, ellipssimon shaklda, uch karra
segmentlari ikki-uch marta patsimon bo„lingan, yuqori poya barglari bandsiz, pastki barglar ildizbo„g„zi barglariga o„xshash, lekin kichikroq o„lchamli, oxirgi bo„laklari yirik, uzunligi 20 sm gacha, eni 7-9 sm, lansetsimon yoki tuxumsimon lanset shaklda, o„tkirlashgan, chetki qismi kungurali, ustki qismi silliq, ostki qismi esa qisman tuklangan. To„pguli - keng ro„vak. Soyabonlari ko„p sonli, barchasi meva hosil qiluvchi,
markaziy soyabonlari yo„g„on bandli, aksariyat holda yolg„on halqa hosil qiladi, 20-30 nurli, nurlari 3-6 sm
bo„lingan, birinchi tartibli
uzunlikda, siyohrang, deyarli teng. Soyabonchalari 10-15 gulli, o„rama bargchasiz. Gulbandlari qisqa, uzunligi 0,5-0,8 sm. Kosachabarglarning
tishchalari mayda, uchburchak shaklida. Gultojibarglari sariq, 2-2,5 sm uzunlikda, cho„zinchoq-ellipssimon, to„mtoq, uchki qismi ichkariga qayrilgan. Stilopodiy kosasimon. Mevasi 1,5-2 sm uzunlikda, eni esa 0,8-1 sm, ellipssimon, orqa tomondan siqilgan, yassi, tuksiz. Orqa qirralari ipsimon, chetki qirralari keng qanotsimon. Ajratma kanallari lojbinkada yakka joylashgan, jami 4 ta, yirik, komissura tomonida 5-6 ta, qirrali ajratma kanallari orqa qirralarda 1 tadan va chetkilarida 3-4 taga. 2n=22 (Xojimatov, Xamraeva, 2018). Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyul oylarida mevalaydi. YArimsavanna va butazor mintaqalarda o„sadi: qo„ng„irboshlar, arpazor, pistazor, bodomzorlar, arvug„onzorlar jamoasida (Cercis griffithii), zarangzorlar atrofida (Aser regelii, A. ovchinnikovii), tuyaqorin, tog„jumrut va olcha, sajeretsiya guruhlari tarkibida edifikator yoki subedifikator sifatida o„rmonning mayda zarrali shag„alli qiyaliklarida, ohaktosh, olajinsli tuproqlarda vodiylarning quruq soylari va terrassalarida dengiz sathidan 400-1800 m balandlikda uchraydi.
monografiyasida mazkur tur keltirilmagan, lekin o„simlik
O’sish joyi va tarqalishi: «O„zbekiston florasi» ning 6 tomlik
O„zbekistonning Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari hududlarida uchraydi. Mazkur tur 2017 yil dala tadqiqotlari
davomida yig„ilgan
gerbariy materiallari namunalari mualliflar tomonidan aniqlanib, keyinchalik M.
Pimenov tomonidan tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: |