D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə70/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
O’sish joyi. Tarqalishi: O„zbekiston hududida keng tarqalgan isiriq hamma joyda o„sadi, ko„pincha zich o„sish maydonlarini tashkil qiladi. Ba’zi bir yirik o„simliklarning poyalar 150 tani tashkil etadi, ularning diametri 100-150 sm gacha bo„ladi. Yer usti qismlari mart oxirida va aprelda intensiv o„sadi. Gullash aprel-may oylarida boshlanadi. O„sish mavsumi avgust oyida tugaydi, ba’zida u kuzgi sovuqqa qadar davom etadi. Bu ruderal o„simlik adir, cho„l va past tog„ mintaqalarida chorva mollari boqilishi natijasida o„tloq va yaylovlarni qattiq zararlaydi. Tekisli tog„ etaklaridagi cho„llarda tog„oldi qiyaliklarida, qumli, qumloqli, gilli, sho„rtobli va sho„rlangan mayda shag„alli tuproqlarda o„sadi. Mayda zarrali qiyaliklar va cho„l daryo vodiylari bo„ylab u tog„larga ko„tariladi. Begona o„t sifatida isiriq
cho„lda aholi yashash joylari va quduqlar yaqinida keng
tarqalgan. U ko„pincha eski ekin
maydonlaridagi vohalarda, lalmi
yerlarda, kamroq donli ekinlaming sug„oriladigan ekinlarida, shuningdek, poliz,
uzumzor va beda ekinlarida uchraydi. O„zbekistonning yarimcho„l va cho„l zonalarida isiriq keng tarqalishi tabiiy ekologik omillar - tuproq sharoitlari va hosil bo„lgan o„simlik jamoalarining tuzilishiga emas, balki tabiiy landshaftni antropogen transformatsiyasiga bog„liq. Shu munosabat bilan bu yerlarda turdan birinchi navbatda, hududda ortiqcha mollarni boqilishi natijasida tabiiy jamoalarga haddan tashqari antropogen bosim ta’sirini ko„rsatuvchi indikator sifatida foydalanish mumkin.
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: O„simliklar (poyalari, barglari, gullari) o„ti, urug„lari va ildizlari dorivor xom ashyo sifatida ishlatiladi. Gullash boshlaganda (aprel va may oyining boshlarida) dag„al qismlaridan ajratilib o„simlik o„ti yig„ib olinadi. Chordoqlarda temir tomning ostida yoki yaxshi havo aylanadigan ayvonlarda quritiladi. 2 yil saqlaniladi. Ildizlari may - iyul oylarida yig„ib olinadi. Ko„saklari ochila boshlaganda urug„lari yig„ib olinadi. Matoga yoyilib
yaxshi havo aylanadigan ayvon ostida yoki quyoshda quritiladi, so„ng o„tlami maydalab, urug„lari ajratiladi. O„simliklarning normal o„sishi va tiklanishi uchun bitta joydagi tabiiy maydonlardan xom ashyoni 1-2 yil oraliqda yig„ib olish kerak. Vaqtinchalik farmakopeya maqolasiga VFS 42-879-79 binoan, isiriq xom ashyosi bu g„unchalash davrida yig„ilgan yirik kesilgan va quritilgan o„simlikning o„tidir. Alkaloidlar yig„indisining miqdoriy tarkibi o„simlikning geografik o„sish joyiga bog„liq. Shuningdek, yosh ildizlarda alkaloidlardan garmin yetuk tuplarga qaraganda ikki baravar ko„pligi aniqlangan. Yer usti qismida o„simlik o„sishi bilan alkaloidlar miqdori va peganinning foizi kamayadi, ammo garmin miqdori ortadi. Xom ashyo tarkibida kamida 1,5% alkaloid miqdori bo„lishi kerak, quritish paytida massani 12% gacha nobud bo„lishiga yo„l qo„yiladi, umumiy kuli 18% dan oshmasligi kerak; uzunligi 80 mm poyalari 10% dan, o„tgan yilga
kulrangli poyalarining
bo„laklari 5% dan, teshiklar diametri 0,155 mm bo„lgan elakdan o„tadigan zarralari 5% dan, organik
aralashmalar (boshqa
zaharli bo„lmagan
o„simliklaming qismlari) 4% dan, mineral
aralashmalar (tuproq, qum, toshlar) 2% dan oshmasligi kerak. Xom ashyo sof og„irligi 20 kg dan oshmaydigan qoplarga solinadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati - 2 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin