MUQADDIMA So„nggi yillarda o„simliklardan olinadigan dorivor vositalarining ommaviylashuvi tufayli mamlakatimizning barcha hududlaridan yig„ilgan yovvoyi dorivor, oziq-ovqat va ba’zi sanoat o„simliklarining xom ashyosiga talabning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Shu bilan birga 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O„simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to„g„risida” gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o„tish tartibi to„g„risida»gi qarori asosida tabiatni muhofaza qilish, xususan, yovvoyi dorivor, oziq- ovqat va sanoat o„simliklari bo„yicha ko„plab tadbirlar ishlab chiqilgan. Mahalliy farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, yovvoyi o„simliklami tizimli yetishtirish va yig„ish, ularni tayyorlash va qayta ishlashni tashkil etish, shirinmiyani xom ashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor bo„lgan xo„jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatining tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada erkinlashtirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O„simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to„g„risida” (2015 yil 30 sentyabrdagi 278-son) qarorini ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shuningdek, dorivor o„simliklar asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni ustuvor yo„nalishlardan biri sifatida, o„simlik xom ashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil qilishni ko„zda tutadigan maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu dastur O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 maydagi 142-sonli “2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to„g„risida” qarori bilan tasdiqlangan. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi “2016-2020 yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to„g„risida” gi PQ-2595- sonli qarori bilan tashqi bozorlarda talab yuqori bo„lgan yuqori qo„shimcha qiymatga ega tayyor farmatsevtika mahsulotlarini mineral, kimyoviy va biologik xom ashyolarini ishlab chiqarish vazifasi qo„yildi, shuningdek, yuqorida ko„rsatilgan vazifalar doirasida investitsiya loyihalari ro„yxati tasdiqlandi. Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirish davom ettirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi PQ-2698-sonli qarori, 2016 yil 31 oktyabrdagi “ Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora- tadbirlar to„g„risida”gi №PQ-2647-sonli qarorlari asosida ulgurji, ulgurji-chakana savdo tashkilotlari va dorixonalar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni tashkil etishni ko„zda tutgan holda dorixonalar tarmog„ini maqbullashtirish, shuningdek, ularga dorivor o„simliklarni yetishtirish uchun yer uchastkalari ajratish bo„yicha takliflar kiritilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 iyundagi “O„zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi huzuridagi O„rmon xo„jaligi bosh boshqarmasi qoshidagi O„rmon xo„„jaligini rivojlantirish jamg„armasi mablag„larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to„g„risida”gi 198-sonli qarorining Nizomiga ko„ra urug„chilik, o„rmonchilik seleksiyasini rivojlantirish, maxsus onalik plantatsiyalarini yaratish, maxsus pitomniklar, issiqxonalar, shuningdek dorivor o„simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish uchun tajriba maydonlarida ilg„or texnologiyalarni qo„llash kabi muammolarni boshqaradi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi “Nukus-Farm”, “Zomin-Farm”, “Kosonsoy-Farm”, “Sirdaryo-Farm”, “Boysun-Farm”, “Bo„stonliq-Farm” va “Parkent-Farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to„g„risida”gi PF-5032-sonli farmonida respublikaning farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga yo„naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashqi va ichki investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, o„ziga xos o„sish sharoitini inobatga olgan holda dorivor o„simlik xom ashyosini yetishtirish orqali ichki dori bozorini yuqori sifatli mahalliy ishlab chiqarilgan dorilar bilan to„ldirish, uni chuqur qayta ishlashni tashkil etish va yuqori qo„shimcha qiymatga ega farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, Qoraqalpog„iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o„rinlarini yaratish va respublika aholisining daromadlarini oshirish bo„yicha qator chora- tadbirlar ko„zda tutilgan. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog„ini jadal rivojlantirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3532-sonli qarori bilan respublikada farmatsevtika sanoatini davlat boshqaruvi tizimi qayta ko„rib chiqilib, O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Bundan tashqari, farmatsevtika sohasining jadal rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlarni ta’minlash maqsadida “Yo„l xaritasi” qabul qilinib, iqlim sharoiti, yerning xususiyatlari va boshqalarni hisobga olgan holda dori vositalari uchun xom ashyoni yetishtirish uchun qulay sharoitga ega bo„lgan hududlarning hammabop xaritalarini shakllantirish, O„zbekiston Respublikasi hududlar kesimida turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish tavsiya etilgan dorivor o„simliklar ro„yxatini tasdiqlash, asosiy maqsadi yangi dorivor vositalar va dori shakllarini yaratishning kompleks yondashuvini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun farmatsevtika sanoati uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish dasturini ishlab chiqish, substansiya, djenerik va tibbiyot vositalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish, zarur o„zgartirishlar kiritish maqsadida farmatsevtika sohasida yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish dasturi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni doimiy ravishda nazorat qilish va xom ashyo eksportini ichki farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishga yo„naltirish orqali asta-sekin pasaytirish kabilar ko„zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu sohaning dolzarbligi, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «O„zbekiston Respublikasida an’anaviy tibbiyotni rivojlantirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida»gi PQ-4668-sonli va O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «Yovvoyi holda o„suvchi dorivor o„simliklami muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to„g„risida» PQ-4670-sonli qarorlari bilan ta’kidlangan. O„zbekistonda dorivor o„simliklami yig„ishning uzoq tarixi va mavjud adabiyotlariga qaramay, ushbu yo„nalishda oddiy xom ashyo yig„uvchi va tayyorlovchilar uchun dorivor, oziq-ovqat va texnik xom ashyolarni yig„ish va quritishning zamonaviy barqaror usullari to„g„risida ma’lumotlar nihoyatda kam. Ushbu usullar nafaqat tejamkor yig„ish usullarini tavsiya etishi, yuqori sifatli xom ashyo olishni ta’minlashi lozim, balki dorivor o„simliklarning tabiiy zaxiralarini saqlash va qayta tiklanishini ham ta’minlashi kerak. Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish ko„plab dorivor o„simliklarni quritishning optimal rejimlarini aniqlash va xom ashyo yig„imidan keyin zich o„sish maydonlarini tiklanish darajasini o„rganish bo„yicha keng qamrovli tadqiqot dasturini tashkil etish zarurligini ko„rsatdi. Ushbu yo„nalish bo„yicha kerakli tajriba ma’lumotlari yo„qligi sababli tavsiyalar faqat yaqin turlarga o„xshashligi bo„yicha berilgan. Ushbu to„plamning talab qilingan ko„rsatmalariga binoan dorivor o„simlik xom ashyosini yig„ish qoidalariga amal qilish tabiatni muhofaza qilish va xom ashyo tayyorlovchi tashkilotlarining davlat inspektorlari tomonidan, davlat o„rmon fondi hududida esa O„zbekiston Respublikasi O„rmon xo„jaligi davlat qo„mitasi tomonidan nazorat qilinishi kerak. Xom ashyoni tayyorlash ushbu to„plamda keltirilgan ko„rsatmalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi va topshirilgan xom ashyo amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Ushbu atlasda O„zbekistondagi yovvoyi holda o„sadigan asosiy kvota beriladigan dorivor o„simliklar taqdim etilgan. Ma’lumotlar bazasida yovvoyi dorivor o„simliklarni yig„ish, quritish va ulardan oqilona foydalanish bo„yicha ba’zi ko„rsatmalar mavjud. Umid qilamizki, O„zbekistonda dorivor o„simliklaming mazkur atlasini yaratish yovvoyi dorivor va texnik o„simliklari uchun xom ashyo sifatini yaxshilashga yordam beradi va shu bilan birga xom ashyo yig„uvchi va tayyorlovchilarning e’tiborini mamlakatimiz tabiiy o„simlik resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratadi.