D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə6/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Ildizpoyalarning damlamasi: 10 g (2 osh qoshiq) xom ashyo sirlangan idishga solinadi va 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15 daqiqa davomida qaynab turgan suvda (suv hammomida) isitiladi, keyin 45 daqiqa sovutiladi, suzgichdan o„tkazilib, qolgan massa siqib chiqariladi. Olingan damlama qaynatilgan suv bilan 200 ml hajmgacha suyultiriladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 3-4 marta 1/3 chashka iliq holda ichiladi. Salqin
joyda 2 kungacha saqlanadi. Quyida an’anaviy tibbiyotda igir ildizpoyalarini qo„llash bo„yicha bir nechta retseptlar keltirilgan: Angina uchun chayish shaklida igir damlamasi va eritmalari buyuriladi. U balg„am ko„chiruvchi, yallig„lanishga qarshi va dezinfeksiyalash ta’siriga ega. Agar igir ildizpoyasini kuniga 5-6 marta kichik bo„lagi chaynalsa, uni 15-20 daqiqa davomida og„izga solib qo„yilsa, olti oy ichida tomoq og„rig„idan xalos bo„lish mumkin. Igir ildizpoyasi va eman po„stlog„ini qo„shib anginani davolashda turli xil aralashmalar tayyorlash mumkin. Shuningdek, anginani oldini olish uchun ildizpoyasini chaynash ham foydalidir. Igir tish og„rig„ini davolatishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Igirning ildizpoyasidan tayyorlangan damlama ichiladi yoki u bilan og„iz chayiladi. Agar tish og„riydigan bo„lsa, milklarga ig„ir damlamasini surtish kerak va og„riq tez o„tib ketadi. Igir kasal bo„lgan tishga chuqur kiradi va ildiziga og„riq qoldiruvchi ta’sir ko„rsatadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Igirni har qanday qon ketishlarida ishlatmaslik kerak, gipotonik bemorlarga umuman tavsiya etilmaydi. Oshqozon suyuqligining kislotaligi oshganda u qabul qilinmaydi. Agar shunga qaramay, igirdan tayyorlangan preparatni qo„llash kerak bo„lsa, uning tarkibiga xlorid kislotasini ishlab chiqarishini kamaytiradigan o„simliklarni kiritish kerak. Oshqozon yarasining o„tkir davrida igir ichish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, homilador ayollar uchun qo„llash mumkin emas. Shuni esda tutish kerakki, tabiiy dori vositalaridan me’yoriy darajada foydalanish kerak. Agar igirning dozalari ko„paytirilsa, bu qusishga olib keladi.
Kapalak qo'nmas - Ajuga turkestanica (Regel) Briq.
(Живучка туркестанская)
O'simlik tavsifi:
Lamiaceae oilasiga mansub ko„p yillik yarim buta, jingalak tuklangan,
kulrang, quritilganda biroz qorayadi. Bir yillik novdalari oqish, deyarli yumaloq, bir oz
shoxlangan, barglari
qo„ltig„idan chiqqan
shoxlari qisqargan, zich bargli, bo„yi 10-40 sm. Barglar teskari-lansetsimon yoki teskari
chiziqli- lansetsimon, kamroq teskari
cho„zinchoq yoki cho„zinchoq, asosida uzun va asta-sekin torayadi, deyarli o„troq,


butun, to„mtoqlashgan yoki to„mtoq, gulyonbargi qisqaroq toraygan.


Gullari barg qo„ltig„ida yakka, ko„pincha pastki qismidan, uzunligi 4­(8) mm bo„lgan gul bandchalarda joylashgan. Kosachabarglari qo„ng„iroqsimon, uzunligi 12-20 mm bo„lgan, ingichka tomirlari bo„lgan jingalak tuklangan, yaproqsimon chiziqli-lansetsimon to„mtoqli tishlari bor, kosachabargning naychasiga teng yoki 1,5 baravar kattaroq. Gultojibarglari pushti-siyohrang, tomirlari qoramtir, ba’zan naychadan kaltaroq, yon uchburchak va o„rtasida kuchli cho„zilgan, chuqur teskari yuraksimon, asosida sariq rangli bo„laklari bor. Yong„oqchalar zaytun- jigarrang, to„rsimon-tomirlangan, uzunlashgan cho„zinchoq, uzunligi 7 mm. May-iyun oylarida gullaydi, may oyining oxiridan boshlab mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin