O‘sish joyi va tarqalishi: Bu asosan yuqori tog„ o„simligidir. Alp va subalp mintaqalarida o„sadi. Daryo qirg„oqlari bo„ylab u archa mintaqasining yuqori qismigacha boradi. Tarqalishining balandlik chegaralari dengiz sathidan 900-2800 m balandlikda, eng zich o„sish maydonlari 1700-2000 m balandliklarda joylashgan. Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4000 m gacha balandlikda toshli qiyaliklarda va qoyalarda o„sadi. Umumiy tarqalishi. Markaziy Osiyo (Pomir-Oloy), Himoloy, Markaziy Mo„g„uliston, Tibet, Qashqar, Afg„oniston. Dorivor xom ashyo sifatida o„simlikning ildizpoyasi ishlatiladi. Xom ashyoni yig’ish va uning sifati:Ma’lum bir hududdan xom ashyoni yig„ish davriyligi kamida 20 yil bo„lishi kerak. Yig„imning optimal davri - avgust oyi, urug„chi tuplari mevalash fazasida urug„lari to„kilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yig„im paytida ildizpoyalarning bir qismi o„sish joylarida qoldirilishi kerak. Yig„ilgan xom ashyo (ildizi va ildizpoyasi) oqar suvda yuviladi, eski po„stidan, chirigan qismlardan tozalanadi va soyada quritiladi. Keyin ildizlar bo„laklarga bo„linadi va 50-600C haroratda quritgichlarda quritiladi. Shu tarzda quritilgan xom ashyo 30 kg qoplarga solinadi va quruq, havo yaxshi aylanadigan xonada saqlanadi. Oltin tomirning xom ashyosi uzunligi 9 sm va eni 25,1 sm, qattiq, burishgan, ko„pincha yuzasi yaltiroq eski poyalarning qismlari bo„lgan, kesilgan ildizpoyalarning bo„laklaridan iborat. Ildizpoyadan uzunligi 2,5-4 sm va eni 0,5-1,2 sm bo„lgan qo„shimcha ildizlar chiqadi. Xom ashyo ustki tomondan oltin tusli, kesilgan joylarda pushti yoki och jigar rangga ega. Hidi o„ziga xos bo„lib, atirgul hidini biroz eslatadi. Kimyoviy tarkibi:Yer osti organlarida olma, vino organik kislotalari mavjud. Triterpenoidlar: ursol, fenolkarbon, gall, kofe, ferula kislotalari. Kumarinlar: umbelliferon, eskuletin, taninlar 6,31%, flavonoidlar: kempferol, kversetin, astragalin, izokversetin, kversemeritrin va antraxinonlar. Yer usti qismida kumarinlar, 1,46% taninlar va flavonidlar mavjud.