Itburun - Rosa canina L.
(Шиповник собачий) O'simlik tavsifi: Itburun o„simligi - Rosaceae oilasiga kiruvchi buta o„simligi, bo„yi 1,5-3 m gacha yetadi, novdalari qayrilgan, kamroq tekis yashil yoki qizil-qo„ng„ir po„stloq bilan qoplangan. Tikanlari mustahkam, o„roqsimon qayrilgan, asosiy poyasida kam yoki tarqoq holda, ba’zan deyarli to„g„ri, gulpoyalarda ko„p joylashgan. Barglar uzunligi 7-9 sm, yashil va ko„kimtir, silliq, bargni asosiy bandida ba’zida siyrak kalta tukli. Gullari odatda och-pushti, oq yoki yorqin-pushti. Pishgan mevalari yirik, uzunligi 15-26 mm, keng ovalsimon, ba’zan sharsimon, ba’zan cho„zinchoq ovalsimon, silliq, yorqin yoki och qizil rangda. Mevaning ichki devorlari ko„p sonli qattiq tuklar bilan qoplangan, ularning orasida ko„plab qattiq, toshli mevalar - yong„oqchalar mavjud. May - iyul oylarida gullab, avgust- oktyabr oylarida pishadi. Itburun mevalari tibbiyotda qo„llaniladi. O‘sish joyi va tarqalishi:Toshkent, Farg„ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida quyi va o„rta tog„ mintaqasining daryo va irmoqlarining qirg„oqlarida, bog„larda, yong„oqzor va archazor o„rmonlarida uchraydi. Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Itburun mevalari yig„ish odatda avgust oyining oxiridan boshlanadi va sovuq boshlanguncha davom etadi. Xom ashyo tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xom ashyo yig„ishni aniq muddatlari belgilanadi. Itburun mevalari quritkichlarda yoki yirik pechkalarda 80-900C haroratda quritiladi. Bundan tashqari, ularni havo yaxshi aylanadigan chordoqlarda yupqa qatlamlar qilib yoyib, tez-tez aylantirib ham quritiladi. Itburun mevalari va boshqa past vitaminli turlarining asosiy iste’molchisi farmatsevtika sanoatidir. Yig„ilgan past vitaminli itburun mevalarining xom-ashyosi butun, kosachabarg va meva bandlaridan tozalangan bo„lishi lozim: sharsimon, tuxumsimon va cho„zinchoq; mevalarining uzunligi 0,8-2,5 sm, diametri 0,7-2,8 sm bo„ladi. Raqamli qo„rsatkichlar: namlik 15% dan, umumiy kul 4% dan, itburunning boshqa qismlari (novdalar, poya va ularning bo„lakchalari) 2% dan; qoraygan, kuygan, zararkunandalar bilan shikastlangan mevalar 3% dan; maydalangan meva qismlari, shu jumladan, diametri 3 mm bo„lgan teshikli elakdan o„tadigan yong„oqchalar 3%, pishmagan mevalar (yashildan sariq ranggacha) 5% dan, organik aralashmalar (mevalar yoki boshqa zararli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 0,5% dan; mineral (tuproq, qum, toshlar) aralashmalar 0,5% dan; organik kislotalar kamida 3% dan oshmasligi lozim. Umuman zaharli o„simliklar va ularning qismlari, mog„or va chirigan narsalar, shuningdek, o„tirib qolgan va shamollaganda ham ketmaydigan hidi bo„lmasligi kerak. II-III darajada zararkunandalar bilan zararlangan xom ashyo iste’mol qilishga yaramaydi.