D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə124/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Na’matakning ko„pgina turlarini mevalari C, B, P vitaminlariga boy bo„ lganligi uchun ularni tibbiyotda qo„llash o„xshash bo„ladi.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Xalq tabobatida na’matak
mevalarining qaynatma va damlamasi biriktiruvchi vosita sifatida qonli ich ketishi, qaltiroqli isitma va ichak infeksiyalarida, milk kasalliklarida og„iz chayish uchun qo„llaniladi. Ildizining qaynatma va damlamasi oshqozon va jigar kasalliklarida qo„llaniladi. Bundan tashqari, u organizmda vitamin yetishmasligi, kam quvvatlik, anemiya bilan bog„liq kasalliklarni oldini olish va davolashda qo„llaniladi. Pishib yetilgan mevalar tarkibida C, B2, P, E, K1 vitaminlari, karotin, organik kislatalar, shakar, pektin va boshqa moddalar, gullarida esa efir moylari mavjud.
Na’matak dengiz satxidan 900 dan 1800 metr gacha balandliklarda keng tarqalgan. Rosa canina (itburun) asosan Pskom daryosining quyi oqimida va uning asosiy irmoqlari Kumushkonsoy, Zarkentsoyda, Rosa fedtschenkoana Oygaing daryosi bo„yida archazorlarda, shag„alli-toshli qoyalarda, shuningdek, Suqoqsoyda uchraydi. Na’matak (itburun) mevalarining mumkin bo„lgan yillik yig„ish miqdori 24 tonna va Fedchenko na’matagi uchun 109,50 tonnani tashkil etadi.
Vitaminlarga boy na’matak mevalarini avgust-sentyabr oylarida yig„iladi. Mevalari to„q sariq-qizil yoki qizil rangda bo„ladi. Mevalarini yig„ishni sovuq tushmasdan amalga oshiriladi, chunki muzlab erigan mevadagi C vitamini kamayib ketadi, bundan tashqari muzlab erigan mevalar yaroqsiz hisoblanadi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Na’matak mevalari savatlarda yoki chelaklarda yig„iladi. Idishlarda yangi terilgan mevalar 2-3 kundan ortiq saqlansa, vitamin tarkibini buzilishi, ularni mog„orlanishiga olib keladi. Shuning uchun yig„ib olingan mevalar quritish uchun 2-3 sm qalinlikda to„shama, metal setkalar ustiga va boshqa issiq shamol aylanadigan joylarga yoyib qo„yiladi. Xom ashyoni tez-tez aralashtirib turish kerak. Biroq bunday quritish uzoq vaqt davom etishi oqibatida mevalar tarkibidagi C vitamini nisbatan kamayadi. Shu sababli mevalarni turli xildagi quritgichlarda (konveerli, kamera va boshqa kaloriferali isitish) mevalarni 80-900C da quritish foydali natija beradi. Bunday haroratda mevalar tez qurib, C vitaminini o„zida saqlaydi. Yuqori vitaminli quruq na’matak mevalari XI DF ga binoan quyidagi talablarga javob berishi kerak: na’matak soxta mevalari shoxlangan, etli, pishganda suvli gulo„rnidan iborat bo„lib, uning ichida ko„p sonli meva-yong„ oqchalar bo„ladi.
Har xil shakldagi quritilgan mevalar: sharsimon, tuxumsimon yoki kuchli cho„zilgan ovalsimon, urchiqsimon bo„lib, uzunligi 0,7 dan 3 sm gacha, diametri 0,6 dan 1,7 sm gacha. Mevasini rangi to„q sariq- qizildan yoki qo„ng„irsimon-qizil ranggacha. Kam sonli mevalarda kosachabarglar saqlanadi, yuqoriga qaragan, ba’zan yumuq bo„ladi. Kosachabarglardan tozalanganda mevada kichik teshiklar qoladi.
Quritilgan mevalarning devorlari qattiq, mo„rt, tashqi yuzasi biroz burishgan. Mevaning ichki yuzasida uzun qattiq tuklar ko„p joylashgan; kalta tuklar yong„oqchaning o„tkirlashgan uchida joylashgan. Raqamli ko„ratkichlar: askorbin kislotasi 1% kam bo„lmasligi, namligi 14%, umumiy kul miqdori 3%, na’matak qismlari (poya, novda, kosachabarg, mevabandlari bor mevalar) 1%, qoraygan, kuygan, zararkunandalar bilan shikastlangan mevalar 1%, maydalangan meva qismlari, shu jumladan, diametri 3 mm bo„lgan teshikli elakdan o„tadigan yong„oqchalar 3%, organik aralashmalar 0,5%, mineral aralashmalar 0,5 % dan ko„p bo„lmasligi kerak.
Na’matakning past vitaminli turlarini yig„ish va quritish. O„simlik mevalari qizarib pishishni boshlagandan to sovuq tushgunicha qadar yig„iladi. Ularni yig„ish davri mayda teriladigan na’mataknikiga qaraganda uzoq bo„lganligi uchun quruq issiq ob-havo kunlari past vitaminli na’matak mevalarini ko„proq havoda quritish mumkin. Na’matak mevalarini to„liq qizarmaguncha yig„ilmaydi, chunki pishmagan mevalarda organik kislotalar va karotinoidlar miqdori kam bo„ladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin