O‘sish joyi va tarqalishi: Totum o„simligi quyi va o„rta tog„ mintaqalarining dengiz sathidan 1000 m gacha balandligida va Pomir Oloyda tizmasining 1800 m gacha balandligida o„sadi. Odatda ular zich o„sish maydonlarini hosil qilmaydi. O„simlik janubiy ekspozitsiyaning quruq qiyaliklarida o„sishi uning qurg„oqchilikka chidamliligini ko„rsatadi. Yorug„sevar, shuning uchun faqatgina ochiq joylarda
Yaxshi rivojlangan ildiz sistemasiga ega.
uchraydi; o„rmonlarning pastki qismida hatto siyrak va yorug„ bo„lsa ham kamdan-kam
uchraydi. Bu o„simlik issiqsevar, ammo -200C gacha sovuq haroratga chidaydi. Yosh o„simliklar, xususan, pitomniklardagi ko„chatlar sovuqqa chidamsiz. Tuproqning sho„rlanishiga chidamli.
bu o„simlikni tik qiyaliklarda ushlab turadi. Yuza qismidagi gorizontal ravishda tarqalgan ildizlari ko„p sonli ildiz bachkilarini beradi va vegetativ ko„payish funksiyasini ta’minlaydi. Yaxshi rivojlangan ildiz tizimi yerning chuqur qatlamlaridan suv va mineral ozuqalarni olish imkonini beradi, totum unumdor tuproqlarda ham, kam unumdor tuproqlarda ham, shuningdek, ochiq qoyalarda va shag„alli yerlarda o„sadi. U ohaktoshli tog„larda yaxshi o„sadi. Xom ashyoni tayyorlash va uning sifati:Totum barglarini yig„ishda ularning shoxlarini sindirib tashlamaslik kerak, faqat zarar ko„rmagan murakkab barglar yig„iladi, ya’ni 3-10 ta alohida yaproqlardan tashkil topgan barglar butadan butunlay uzib olinadi. Barglar quyoshda, quritgichlarda yoki ayvonlar ostida quritiladi. Xom ashyoni qorayishi va mahsulotbop ko„rinishini yo„qotmasligi uchun namlanishdan saqlash kerak. Xom ashyo namlanganda uning qiymatini belgilaydigan tanin moddasini kamayishiga olib keladi. Yig„im paytida ba’zida yosh bargli novdalar butunlay kesiladi. Qurigandan so„ng novdalar toza joylarda maydalanib, poyalaridan tozalanadi (berezent ustida yaxshiroq). Tanin asosan barglar parenximasida bo„lganligi sababli xom ashyo sifati shamollatib va poya hamda barg bandlaridan ham tozalanib yaxshilanadi. Totum barglarida tanin miqdori vegetatsiya davrida deyarli o„zgarmaganligi uchun barglarni bahor, kuz va yozda yig„ib olish tavsiya etiladi. Ammo o„simliklarda yetarli miqdordagi faol moddaning to„planishini ta’minlash uchun xom ashyoni yig„ishni g„unchalash davridan oldin boshlash ma’qul emas. Xom ashyoni zich o„sish maydonlaridan 2 yilda 1 marta yig„ib olish kerak. Totum asosan quruq yerlarni, toshli qiyaliklar, shag„alli joylarni ko„kalamzorlashtirish uchun o„stiriladi. O„simlik ildiz bachkilari va urug„idan ko„payadi. Ko„p meva beradi, yetuk butalarda 70 tan 150 gacha urug„chi to„pgullari hosil bo„lib, har biri 200-300 ta ba’zan 500 tagacha meva hosil qiladi. Tayyor xom ashyo quritilgan yaxlit yoki alohida bargchalarga bo„lingan barglardan iborat. Quritilgan barglarning rangi yuqori qismida to„q yashil, pastida kulrang, ta’mi og„izni burushtiruvchi bo„ladi. Xom ashyo tarkibida namlik miqdori 12% dan, umumiy kul miqdori 6,5 % dan, 10% xlorid kislotada erimaydigan kul miqdori 1,2% dan, tanin miqdori 10% dan, teshiklari diametri 2,8 mm elakdan o„tadigan zarralar 5% dan, normal rangini yo„qotgan barglar 2% dan ko„p bo„lmasligi kerak.