Kimyoviy tarkibi: Qayin kurtaklari, barglari, po„stlog„i tarkibida efir moyi, taninlar, qatronlar, saponinlar, nikotin kislotasi, S vitamini bor. Kurtaklari va barglarida, bundan tashqari, karotin, giperozid va flavonoidlar mavjud. Efir moyi tarkibida betulen, betulol, naftalin, betulen kislotasi, bo„yoqlar mavjud. Qayin shirasini tarkibida shakar, olmali kislota, kalsiy, magniy, temir, tanin va aromatik moddalar mavjud. Tibbiyotda qo’llanilishi:Qayin preparatlari siydik haydovchi, o„t haydovchi, yallig„lanishga qarshi, spazmolitik, antivirusli, balg„am ko„chiruvchi, yaralarni bitkazuvchi, antiparazitik xususiyatlarga ega. Shuningdek, ular metabolizmni, ayol jinsiy a’zolarini va ovqat hazm qilish tizimini tartibga soladi. Kurtak yoki qayin barglaridan o„simlik preparatlari shishishlar (ayniqsa yurak kasalliklari oqibatida), oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yaralari, ateroskleroz, qovuqning yallig„lanishi, buyrakning surunkali kasalligi, buyrak tosh kasalligi, gipo va avitaminoz uchun beriladi. Og„riq qoldiruvchi vosita sifatida dorilar ichak va boshqa silliq mushaklarning spazmlari uchun ishlatiladi, o„t haydovchi vosita sifatida - jigar kasalliklarida; balg„am ko„chiruvchi sifatida - bronxit, laringit, traxeitda qo„llaniladi. Barglarning damlamasi albuminuriya (siydikda oqsil ajralishi), urat diatezi, xoletsistitning yengil formalarida ishlatiladi. Qayin preparatlari akusherlik va ginekologik amaliyotda: barg damlamasi nefropatiya, homilador ayollarning shishishi, gipomenstrual klimakterik sindromlarda ishlatiladi; barglarning damlamasi - tug„ruqdan keyingi davrdagi anemiyada, klimakterik nevrozlarda, shuningdek, umumiy tiklovchi vosita sifatida ishlatiladi; kurtaklar qaynatmasi - nefropatiyada samarali hisoblanadi. Xalq tabobatida qayin barglari va kurtaklaridan tayyorlangan preparatlar oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yaralarini, bronxit, o„t toshi va buyrak toshi kasalliklarida, podagra va shishlarni davolashda ishlatiladi. Qayin kurtaklarining qaynatma va damlamasi surunkali ich ketishda va gelmentlarni davolashda (askarida, ostritsa) samarali hisoblanadi. Qayin kurtaklari damlamasi revmatizm, artrit, miozit, chaqalar, yaxshi bitmaydigan yaralar, yotoq yaralari, yiringli yaralar, absesslarni kesgandan keyin surtma va kompresslar shaklida qo„llaniladi. Husnbuzar toshmasida yuzni qayin shirasi surtish kerak, shuningdek, dog„larni ketkazishda qo„llaniladi, ekzemada kompresslar shaklida ishlatiladi. Qayin shirasi umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida ichiladi, buyrak toshi, qon ketishi, metabolizmni buzilishida kompleks terapiyada ishlatiladi, qonni tozalovchi vositasi sifatida yuqori harorat bilan birga kechadigan teri, nafas olish yo„llari kasalliklarida (balg„am ko„chiruvchi ta’sirga ega), yurak kasalliklaridan kelib chiqqan shishishlarda diuretik vosita sifatida buyuriladi. Xalq tabobatida qayin preparatlari turli xil lokalizatsiyaga ega saraton kasalliklarida qo„llaniladi. Bu kasalliklarda qayin kurtaklari damlamasidan foydalanish afzalroq. Qayin supurgi hammomda podagra, radikulit, og„riyotgan bo„g„imlar, terini va shamollash kasalliklarini davolashda foydali bo„ladi.