Zog’oza - Ephedra equisetina Bunge
(Эфедра хвощевая) O’simlik tavsifi: Zog„oza Ephedraceae oilasiga mansub buta, balandligi 1,5 m ga yetadi. Katta yoshli o„simlik turli yoshdagi novdalar tizimidan iborat, birmchi tartibli novdalar asosiy tanada deyarli vertikal joylashgan. Novdalar 11,5 yoshgacha yashil rangda bo„lib, keyinchalik ular yog„ochlashadi va kulrang po„stloq bilan qoplanadi, ular eski shoxlarda bir tekis ajralmaydi va tolali ko„rinishga keladi. Zog„oza novdalari bo„g„imli, uzunligi 1,5- 3 sm bargsiz to„g„ri uzun bo„g„im oraliqlariga ega, ular asosi qo„shilib o„sgan, halqada to„plangan reduksiyalashgan pardasimon barglar bilan bo„g„imlarda gallashib joylashadi. Ikki yillik va undan ortiq novdalarda keyingi tartibli novdalar hosil bo„ladi. Yashil novdalarning bo„g„im oralig„i mayda chiziqli, yog„ochlashgan tuplarda silliq. Barglari qisqargan va xlorofill donachalari bo„lmaydi. Xloroplastlar o„simliklarning havo orqali oziqlanish funksiyasini bajaradigan yosh va yog„ochlanmagan poyalarida joylashgan. Zog„oza ikki uyli o„simlik. Gullari mayda, bir jinsli, kichik boshoqchalarda yig„ilgan. Mevalari sharsimon, urug„ning yarmidan ko„pini qoplaydi (qubbasimon rezavor meva). Pishib yetilgan qubbalari uzunligi 6-7 mm, qizil yoki to„q sariq, etli, bitta urug„li. May oyida gullaydi. Zog„oza o„tining xom ashyosi «zog„oza o„ti» deb tovar nomiga ega yashil (yog„ochlashmagan) novdalari hisoblanadi. O’sish joyiva tarqalishi:Zog„oza O„zbekiston tog„larining o„rta mintaqasi bo„ylab toshli qiyaliklarda o„sadi. Zog„ozaning ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan, kam tuproqli, toshli va shag„alli joylarda, qoyalar orasida va boshqa o„simliklar o„smaydigan joylarda o„sadi. Uning ildiz sistemasi bir necha katta ildizlarga ega bo„lib, ular tayanch vazifasini bajaradi, mayda ildizlar suv va mineral ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi. Zog„ozaning o„ziga xos xususiyati ko„p yillik novdalarining to„kilishi va kelgusi yil ularning o„rniga yosh novdalarning chiqishidir. Kam sonli novdalari yog„ochlashib, vegetatsiyasini davom ettiradi. Novdalarning qayta o„sishi amaliy ahamiyatga ega: ularni kerakli o„lchamda kesish, o„simlikka zarar yetkazmaydi. Zog„oza chakalakzorlari deyarli ochiq quyoshli joylarda, tog„ tizmasining janubiy, g„arbiy va sharqiy yon bag„rida joylashadi. Chakalakzorlarni quyi chegarasida asosan shimoliy yoyon bag„irda va jarliklarning tubida o„sadi. Ularning yuqori chegarasida tizmaning cho„qqisida, ya’ni quyoshli joylarda o„sadi. Uning chakalakzorlari tog„, dasht, o„rmon va subalp mintaqalarida joylashadi. Zog„oza ba’zi joylarda zich chakalakzorlarni hosil qiladi. Uning butalari orasida ko„plab boshqa butalar va o„t o„simliklar uchrab, zog„oza chakalakzorlari uchun xos biror tur aniqlanmagan. Zog„oza chakalakzorlaridan oqilona foydalanish tizimi ulardan almashlab amalga oshirilishi kerak. Zog„oza chakalakzorlaridan to„g„ri foydalanilganda ularning yashil novdalari kesilgandan so„ng 3-5 yil o„tgach o„zini to„liq tiklab olish imkoniga ega.