D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

bir, bil, biz 
kabi so‘zlardagi 

unlisi 
urg‘u ostida bo‘lishiga qaramay, reduksiyaga uchraydi, ya’ni miqdor belgisini 
yo‘qotadi; 
o‘quvchimiz 
(kesimlik formasida) va
o‘quvchimiz 
(egalik formasi) kabi 
so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida talaffuz kuchining ortiqligi kuzatiladi, lekin oxirgi 
bo‘g‘indagi 
i
ning miqdoriy belgisi undan oldingiga nisbatan ortiqroqdek ko‘rinadi. 
Bu kabi so‘zlarda urg‘u qaysi turga mansub? Urg‘u olmaydi deb qabul qilinayotgan 
elementlar chindan ham urg‘u olmaydimi? Yordamchi (ko‘makchi va yuklamalar) va 
oraliq (undov, taqlid va modal so‘zlar) so‘zlarda urg‘uning xususiyati qanday? 
O‘zbek tilida urg‘usiz bo‘g‘inning urg‘uli bo‘g‘inga nisbatan cho‘ziqroq va aniqroq 
talaffuz qilinishi ko‘plab uchraydi. Buni lingvistik paradokslardan biri, deb qabul 
qilish kerakmi yoki o‘zbek tilining aksentual xususiyatlarini chuqurroq tahlil etib, 
urg‘u haqidagi mavjud qoidalarni o‘zgartirish kerakmi? 
Bu kabi savollarga javob berish hozirgi tilshunoslik oldida turgan dolzarb 
muammolardan biridir. 
Intonatsiya butunlik sifatida uni tashkil etuvchi elementlarning barqaror 
munosabatlaridan 
tashkil 
topadi. 
Intonatsiyaning 
tarkibiy 
qismlari 
ilmiy 
adabiyotlarda turlicha ko‘rsatiladi
1
. Ularni umumlashtirgan holda, quyidagicha 
belgilash mumkin: asosiy ovoz tonining pasayib ko‘tarilishini nazorat qiluvchi 
komponent – melodika; artikulyatsiya tezligining o‘zgarishini nazorat qiluvchi nutq 
tempi; artikulyatsion harakatlar kuchining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ovoz 
balandligi; nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi, ya’ni pauza; urg‘u hamda 
ovozning o‘ziga xos bo‘yoqdorligini aks ettiruvchi ovoz tembri. 
Bu komponentlarning intonatsiya tarkibidagi mavqei masalasida ham 
tilshunoslar o‘rtasida bir xillik mavjud emas. Ba’zi tilshunoslar intonatsiyaning 
asosiy komponenti sifatida melodikani ajratsalar
2
, boshqalari urg‘u va pauzani 
ko‘rsatadilar
3
. Ta’kidlash kerakki, til sistemasida intonatsiyani tashkil etuvchi 
komponentlar teng qimmatlidir. Lekin bu komponentlarning mavqei nutq jarayonida 
so‘zlovchining emotsional holati, kommunikativ maqsadi, nutq vaziyati va har bir 
xususiy tilning o‘ziga xos jihatlari kabi omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. 
Intonatsiya supersegment birlik sanalib, huddi leksik va grammatik vositalar 
singari gapni tashqi tomondan shakllantiruvchi, sintaktik uyushtiruvchi vositadir. 
Demak, intonatsiyaning funksiyasi nutq jarayonida ko‘rinadi. V.G.Gak to‘g‘ri 
1
Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. – Санкт-Петербург: Изд. С.-Петербургского 
университета, 1991; Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976; Жинкин Н.И. 
Взаимоотношения компонентов интонации в речи и в музыке. –Сб. Проблемы структурной лингвистики 1982. –М.: Наука, 
1984; Брызгунова Е.А. Основные типы интонационных конструкций и их употребление в русском языке. – Русский язык за 
рубежом, 1973, №1, №2. Панов М.В. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Высшая школа, 1979.
2
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976; Панов М.В. Современный русский язык. 
Фонетика. –М.: Высшая школа, 1979; Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. – Санкт-
Петербург: Изд. С.-Петербургского университета, 1991;. 
3
Жинкин Н.И. Взаимоотношения компонентов интонации в речи и в музыке. –Сб. Проблемы структурной лингвистики 
1982. –М.: Наука, 1984. 


74 
ta’kidlaganidek, intonatsiya gapda ikki funksiyani bajaradi: struktur-sintaktik 
(uyushtiruvchi) va xususiy semantik
1

Intonatsiyaning struktur-sintaktik funksiyasi intonemalarni birlashtirish va 
ajratish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu funksiya yordamida jumlaning 
tugallanganligi va tugallanmaganligi oppozitsiyasi, jumla komponentlarining 
bog‘liqligi va ajralganligi, uyushganligi va uyushmaganligi kabi oppozitsiyalar 
ifodalanadi. 
Intonatsiyaning semantik funksiyasi esa kommunikatsiya jarayonida yuzaga 
chiqadi. U nutq akti va muloqot vaziyati ta’sirida jumla mazmunining o‘zgarishi 
bilan belgilanadi. Bunga ko‘ra, intonatsiya gaplarning kommunikativ hamda 
informativ turlarini, mazmuniy tugallanganligi yoki tugallanmaganligini, emotsional 
bo‘yog‘ini, kommunikantlarning bir-biriga va bildirilayotgan fikrga munosabatlarini 
ifodalaydi. Masalan, quyidagi misollar orqali intonatsiyaning gapning aktual 
bo‘linishiga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Ovoz tonining ko‘tarilishi gap tarkibidagi 
qaysi bo‘lakka to‘g‘ri kelishi (logik urg‘uning o‘rni)ga va pauzaning o‘rniga qarab 
gapning tema-rematik munosabati o‘zgarishi mumkin: 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin