Ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tili bo‘g‘in turlari o‘zga tillardan qabul qilingan
so‘zlar hisobiga ko‘paygan.
Savollar
1.
Segment birliklar va uning turlarini aytib bering.
2.
Segmentatsiya nima?
3.
Eng kichik sengment birligi qaysi?
4.
Bo‘g‘in va uning turlarini aytib bering.
5.
Ustsegment birliklarni aytib bering.
Tayanch termin va iboralar
Nutqning fonetik bo’linishi, segment birlik, ustsegment birlik, fraza, sintagma,
bo’g’in, tovush, ohang, urg’u, so’z urg’usi, logik urg’u, emfatik urg’u, kvantitativ
urg’u, dinamik urg’u, muzikal urg’u, sifat, kuch, miqdor, ajratuvchi urg’u, tembr,
temp, intensivlik.
PROSODIKA
Reja:
1.
Aksentuatsiya - urg’ular tizimi.
2.
Intonatsiya, uning prosodik elementlari.
Nutq jarayonida har qanday jumlani tashqi tomondan shakllantiruvchi, bir
butun qiluvchi vosita bu intonatsiyadir. Bizga ma’lumki, intonatsiya butunlik sifatida
melodika, nutq tempi, nutq balandligi, pauza, tembr va urg‘uni o‘z ichiga oladi.
Intonatsiya tarkibida har bir komponent o‘z o‘rniga va xususiyatiga ega. Bu
komponentlarning har birini alohida o‘rganish intonatsiyaning mohiyatini
tushunishga va uning jumla tuzilishidagi maqomini belgilashga yordam beradi.
A.Abduazizov so‘zning prosodik xususiyatlari haqida fikr yuritib, so‘z
tarkibida urg‘u boshqa fonologik birliklar kabi quyidagi vazifalarni bajarishini
ta’kidlaydi:
1) konstitutiv, ya’ni so‘zning material qismlarini fonemalar birikuvini
ta’minlovchi, “sementlovchi” vosita vazifasini bajaradi.
2) distinktiv, ya’ni so‘z va morfemalarning ma’nosini farqlaydi.
72
3) delimitativ yoki chegaralash. Urg‘u so‘zlarning, sintagma va frazalarning
chegarasini belgilab beradi.
4) rekognitiv, ya’ni urg‘u so‘z yoki morfemalarni urg‘uning o‘rniga qarab
tanib olish vazifasini bajaradi..
Urg‘u intonatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lgani holda, o‘zi ham diskret birlik
bo‘lib, tovush cho‘ziqligi yoki miqdori, urg‘uli bo‘g‘inning ajratilishiga yordam
beruvchi tovush kuchi, bo‘g‘in tarkibidagi unlining sifati va tonning balandligi kabi
komponentlarning kombinatsiyasidan tashkil topadi. Shuni ta’kidlash joizki, urg‘u
tarkibidagi komponentlarning proporsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra
urg‘u turlari ajratiladi. Agar urg‘u tarkibida uni tashkil etuvchi boshqa
komponentlarga nisbatan tovush kuchining miqdori ko‘proq bo‘lsa, bunday urg‘u
ekspirator urg‘u; tovushning miqdoriy belgisi ustun bo‘lsa, kvantitativ urg‘u; tonning
balandligi ustun bo‘lsa, muzikal urg‘u hisoblanadi
1
. Har bir tilning artikulyatsion-
akustik xususiyatlaridan kelib chiqib turli tillarda urg‘uning turlari ham turlicha
bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan o‘zbek tili urg‘usi qanday urg‘u, degan savol tug‘iladi.
Bu borada tilshunoslar o‘rtasida bir xillik mavjud emas. Ayrim tilshunoslar
turkiy tillardagi urg‘u, asosan ekspirator urg‘u ekanligini e’tirof etadilar va bu urg‘u
ustiga asosiy tonning ko‘tarilishi, ya’ni muzikal urg‘u qo‘shimcha bo‘lishi
mumkinligini ta’kidlaydilar
2
.
Urg‘u haqidagi ikkinchi nazariya tarafdorlari esa shu nazariya asoschilari
G.Rakket va B.Kollinderga ergashgan holda, turkiy tillardagi urg‘u ekspirator emas,
balki muzikal urg‘u ekanligini ta’kidlaydilar
3
.
O‘zbek tilining aksentologik xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan,
prof.M.Mirtojiev o‘zbek tili urg‘usi kvantitativ urg‘u ekanligini e’tirof etadi. Uning
fikricha, o‘zbek tilida leksik urg‘u kvantitativ urg‘u bo‘lib, chetdan o‘zlashtirilgan
so‘zlarning bo‘g‘inidagi dinamik urg‘uni ham o‘zgartirib, o‘z ta’siriga oladi
4
.
Turkiy tillardagi urg‘uning tabiati va xususiyatlari haqida N.A.Baskakovning
fikri ham e’tiborga loyiqdir. Uning fikricha, turkiy tillardagi urg‘uni ikki planda
o‘rganish lozim: alohida so‘zga nisbatan so‘z tarkibidagi biron bo‘g‘inning kuch
bilan ajratilishini ko‘rsatuvchi dinamik yoki ekspirator urg‘u hamda mantiqiy planda
jumla tarkibidagi biron bir bo‘lakning mazmuniy ajratilishini ko‘rsatuvchi mantiqiy
yoki muzikal urg‘u
5
.
Ko‘rinadiki, dinamiklik so‘z urg‘usiga nisbatan, muzikallik esa jumla yoki
logik urg‘uga nisbatan belgilanadi.
I.A.Kissen o‘zbek talabalarga rus tilini o‘rgatish jarayonidagi kuzatuvlari
asosida quyidagilarni bayon etadi: “Rus tilining urg‘usi kuch jihatdan o‘zbek
tilidagiga nisbatan kuchliroq bo‘lib, o‘zbek tilida urg‘uli bo‘g‘inlar ovoz kuchining
o‘zgarishi bilan xarakterlanmaydi va bu bo‘g‘inlarni alohida kuch bilan talaffuz qilish
o‘zbeklar uchun xos emas. Shu sababdan rus tilini o‘rganayotgan talabalar
o‘rganishning dastlabki bosqichida urg‘uli bo‘g‘inni yetarli miqdordagi kuch bilan
talaffuz qilmaydilar”.
1
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –Москва: Просвещение, 1976. –С.224-225.
2
Бу ҳақида қаранг: Баскаков Н.А. Историко-типологическая фонология тюркских языков. –М: Наука, 1988. –С.185-199.
3
Ўша асар, ўша бет.
4
Миртожиев М. Ўзбек тилида лексик урғу // Ўзбек тили ва адабиёти, №3, 2011. -Б.24-31.
5
Баскаков Н.А. Историко-типологическая фонология тюркских языков. –М.: Наука, 1988. –С.186.
73
Demak, I.A.Kissenning fikricha, o‘zbek tilidagi urg‘u dinamiklik belgisiga ega
emas.
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, turkiy tillardagi va, xususan, o‘zbek
tilidagi urg‘uning tabiatini belgilash murakkab va muammoli masalalardan biridir.
O‘zbek tilida shunday so‘zlar mavjudki, ularning urg‘usini belgilash qiyinchilik
tug‘diradi. Masalan, bir bo‘g‘indan iborat bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: |