77
M.V.Panov Ye.A.Brizgunovaning fikrlarini ma’qullagan holda, u ajratgan
intonatsion konstruksiyalar “rus intonatsiyasining negizini tashkil etadi”, deb
baholagan holda, IK – 1 va IK – 3 lar rus tilining intonatsion “minimum minimorum”
ini tashkil etishini ta’kidlaydi.
Uning fikricha, har bir fraza uch qismdan iborat:
markazdan oldingi, markaziy va markazdan keyingi qismlar. Frazaning markaziy
qismi – bu fraza urg‘usi tushgan taktning urg‘uli bo‘g‘inidir. Ungacha bo‘lgan
qismlar markazdan oldingi, undan keyingi qismlar esa markazdan keyingi qismlar
sanaladi. Bunda IK – 1 quyidagicha izohlanadi: markazdan oldingi qism o‘rta tonda
talaffuz qilinadi. Markazda ton o‘rtadan ko‘ra pastroq bo‘ladi va bu holat markazdan
keyingi qismda ham davom etadi. Buni chizmada quyiga yo‘nalgan strelkalar
yordamida ifodalanadi:
Ahmadjon biznikiga mehmonga kedi.
\
(Nikolay
prishyol ko
mne v gosti.
\)
Azamat ham
biznikiga mehmonga kedi.
\ (
I Boris prishyol ko mne v
gosti.
\) Ya’ni jumla yakunida tonning pasayishi kuzatiladi. Ko‘rinadiki, IK – 1 darak
gaplar uchun xos.
IK – 3 ning izohi quyidagicha: markazdan oldingi qism o‘rta tonda talaffuz
qilinadi. Markaziy qismning boshlanishi undan avvalgi qismga nisbatan kuchliroq.
Balandlik bo‘g‘in davomida ko‘tarilib boradi. Markazdan
keyingi qismda ton
o‘rtadan pastroqqacha pasayyadi
Sen bu
Dostları ilə paylaş: