92
Garchi hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan uyal
va uyat bitta morfemaning
ikkita varianti sanalib, boshqa mayda ma’noli qismlarga bo‘linish
xususiyatini
yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin bu leksik morfema variantlarining oxirgi tovushi -l va (-
t) nisbat ma’nosini ham saqlab qolgan. Shuning uchun bu variantlar uyalish holatini
ifodalashi bilan birgalikda sub’ektning shunday holatga tushishi ma’nosini ham
ifodalaydi. Bundan ko‘rinadiki, tarixan ikki morfemaning ma’nosi saqlanib qolgan
holda, soddalashish faqat ularning shakliga daxldor bo‘lgan.
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya
yetakchilik
qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi.
So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y
berishi leksik morfemaning
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi.
Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning
fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohida-
alohida shakllar yoRdamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik
shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik
va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish
chokining ajralib turishi,
shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak morfema-ning fonetik
tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi.
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya
yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi.
So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi.
Akkomodatsiya
-(muvofiqlashuv). Yonma-yon kelgan undosh va unli
tovushlar artikulyasiyasining bir-biriga uyg‘unlashuvi; i—u, k—g; kiyik, sig
Dostları ilə paylaş: