D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Lablanishlik-lablanmaslik belgisi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Lablanishlik-lablanmaslik belgisi 
O‘zbek adabiy tili unlilari uchun yana bir farqlovchi belgi lablanish-
lablanmaslikdir. Bu farqlovchi belgi ham barcha turkiy tillar unlilari uchun tipik 
sanaladi. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra unlilar binar zidlanishga ega bo‘ladi
а, ä, i, ï – lablanmagan unlilar; о, ö, у, ÿ – lablangan unlilar. Ko‘rinadiki, har qaysi 
lablangan unliga lablanmagan unli mos keladi. 
Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra binar moslik ko‘p hollarda buzilishi 
mumkin. Bunday nomuvofiqlik lablanmagan unlilarning nutq jarayonida lablanishida 
va lablangan unlining lablanish belgisini yo‘qotishida kuzatiladi. Xususan, o‘zbek, 
boshqird, tatar tillarida «a» ning lablanishi kuzatiladi. Boshqird, tatar tillarida nutq 
1
Қаранг: Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков.- Л.: Наука, 1970. –С.28.
2
Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С. 27-33.


22 
jarayonida «a» ning lablanish belgisiga ega bo‘lishi bu unli fonemaning kombinator 
variantini hosil qilsa, o‘zbek tilida dastlab variant holida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, 
lekin hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik qimmatga ega bo‘ladi.
1
O‘zbek tili fonetikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda «o» fonemasi-ning 
artikulyatsion-akustik belgisi turlicha talqin etiladi. Ayrim mualliflar lablangan unli 
desalar
2
, boshqa tadqiqotchilar lablanish belgisini inkor qiladilar.
Jumladan, prof. M.Mirtojiev bu ikki unli haqida quyidagilarni yozadi: «Yana 
o‘zbek tilida «o» unlisi va Buxoro-Samarqand shevalariga xos «o» unlisi bor. 
Bularda tilning old va orqa qismi bir xil holatda bo‘ladi. Shunga qaramay, uning 
urinib o‘tish joyi tilning orqasi bo‘lgani uchun, ularni ham til orqa unlisi deb 
qaraladi... O‘zbek tilida lablangan unlilar bir necha: u, ü, ö, ө. Yana Buxoro-
Samarqand shevalariga xos «o» unlisi ham lablangan bo‘lib, uning lablanishi boshqa 
lablangan unlilarga nisbatan juda pastdir. «o» unlisini ba’zi adabiyotlarda lablangan 
deb ham qayd etiladi. Buning asosi bor. Chunki u lab tovushlari bilan yondosh 
qo‘llanganda, albatta, lablangan talaffuzga ega bo‘ladi. Biroq boshqa hollarda esa u 
lablanmaydi. Bu esa uning assimilyativ lablanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Asosan 
esa, bu tovush lablanmagan deb qaralishi kerak».
3
Yuqoridagi parchani o‘qigan har 
qanday fonologiyadan xabardor bo‘lgan o‘quvchi til sistemasida paradigmatik 
munosabatdagi unli fonema bilan uning sintagmatikadagi turli o‘zgaruvi 
(modifikatsiyasi) qorishtirilayotganligini payqaydi. 
O‘zbek tili fonetikasi (fonologiyasi) tarixi bilan shug‘ullangan yirik turkologlar 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin