D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


«o» fonemasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr bildiradilar. Ko‘pchilik «o»



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

«o» fonemasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr bildiradilar. Ko‘pchilik «o» 
fonemasi o‘zbek tilida umumturkiy orqa qator, keng, lablanmagan unlining nutq 
jarayonida, muayyan fonetik qurshovda lablangan variantda talaffuz qilinishi va 
davrlar o‘tishi bilan bu variantning fonologik qimmatga ega bo‘lib, mustaqil 
fonemaga aylanganini ta’kidlaydilar. 
Ye.D.Polivanov o‘zbek tilidagi singarmonizm qonuniyatining yo‘qoli-shi, 
unlilarning qatorga ko‘ra binar zidlanishining mo‘’tadillashuvi, keng, lablangan unli 
fonemaning («o») vujudga kelishini tashqi omil bilan, eroniy tillarning ta’siri bilan 
bog‘lagan edi.
4
F.A.Abdullaev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, singarmonizmning yo‘qolishidek yirik 
hodisani tilning o‘z ichki taraqqiyotini hisobga olmasdan, faqat tashqi ta’sir asosida 
tushuntirish turkologlar o‘rtasida haqli ravishda turli e’tirozlarning tug‘ilishiga 
sababchi bo‘ldi.
5
Shuningdek, o ning kelib chiqishini faqatgina divergensiyaga bog‘lab qo‘yish 
ham mumkin emas. Chunki bir qator o‘zbek shevalari materiallari shuni ko‘rsatadiki, 
singarmonizm saqlanib qolgan holda ham birinchi bo‘g‘inda paydo bo‘lishi mumkin. 
Shu sababli A.K.Borovkov o ning hosil bo‘lishini konvergensiya bilan birga 
pozitsion holat bilan ham bog‘lab asoslaydi. 
1
Шакиров Р.Д. Фонетический особенности говора татар. // Материалы по диалектологии. -Казань, 1955.-С.39.
2
Маҳмудов А. Унлилар. Умумий фонетикадан материаллар. -Тошкент: Фан, 1992; Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология 
и узбекский литературный язык. -Ташкент: Госиздат, 1933; Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва 
морфонологияси. -Тошкент: ўқитувчи, 1992. –Б.52.
3
Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.19.
4
Поливанов Е.Д. Звуковой состав ташкентского диалекта.//Наука просвещения. -№1,1922. -С.17.
5
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967. -С. 42; Березин Ф.М. История лингвистических 
учений.- М.: Высш. шк.,1975. -С. 84.


23 
O fonemasining paydo bo‘lishi va uning lablanish darajasi haqida xilma-xil 
fikrlar bayon qilingan. Ularning barchasiga o‘z munosabat-larimizni bildirib 
o‘tirmasdan, A.Abduazizovning quyidagi fikrini keltirish bilan cheklanamiz: «Har 
ikki ta’sir (ichki va tashqi - D.N.) natijasida a fonemasi divergensiyaga uchragan
ya’ni ikki fonemaga ajralgan.
1
Ye. D. Polivanov formulasi bo‘yicha a : b - c, ya’ni s 
elementi a va b elementlariga ajralgan. Natijada o‘zbek tili vokalizmida barcha til 
oldi unlilari i, e, a lablanmagan va barcha til orqa unlilari u, o‘, o lablangan bo‘lib, 
ikki teng simmetrik guruhga ega bo‘lgan. Aslida a fonemasining o‘z juftiga ega 
bo‘lmagani bu sistemada bo‘sh katak qoldirilgan: 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin