D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Nazallik belgisi 
Turkiy tillarda nazallik belgisiga ko‘ra sof va nazal unlilarga zidlanish barqaror 
xususiyatga ega emas. Shu bilan birga, fonologik qimmatga ham ega emas.
1
Ya’ni bu 
belgi ma’no farqlash vazifasini bajarmaydi. Nazalizatsiya hodisasi tuva, xakas, 
ozarbayjon, uyg‘ur va o‘zbek tilining Namangan shevasida keng tarqalgan.
2
Nazallik lotincha «burunga oid» ma’nosini ifodalaydi. Bu belgi bo‘lgan 
unlilarda tanglay pardasining tushishi va havo oqimining bir vaqtda og‘iz va burun 
bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida tovush burun tembriga ega bo‘ladi. Buning natijasida 
og‘iz unlisi burun unlisiga aylanadi. 
Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida so‘z tarkibida n va ng undoshlarining 
tushishi natijasida bu undosh oldida kelgan unlilarning nazalizatsiyasi kuzatiladi. 
1
Шакиров Р.Ф. Ўша асар. -С.47.
2
Отамирзаева С. Наманган шевасидаги назализация ҳақида.//Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. -Тошкент, №3, 1962. –
Б.20-23; Катанов Н.Ф. Опыт исследования урянхайского языка народных тюркских говоров Нухи. Баку, ЕАМ, 1926. -С. 119.


26 
Chunki tushib qolayotgan burun undoshlari talaffuzi quloqqa chalinmasa ham, ammo 
artikulyatsiyasining izi ma’lum darajada saqlanib qoladi. Shuning uchun bunday 
undoshlar oldida kelgan unlini nazallik belgisiga ega qiladi. Masalan, Namangan 
shevasida bola-chaqa:ni (bola - chaqangni), chushu:n (tushingni), ga:sә (olgansan), 
ga:mә: (olganman);
1
Shahrisabz shevasida xә:rәde (hangradi), tә:lik (tanglik), d : 
qotma (dong qotma);
2
o‘g‘uz shevalarida ma:lay (manglay), ta:lay (tanglay), no: 
(non)
3
va boshqalar. 
Nazallik belgisi bir qator o‘zbek shevalarida keng tarqalgan bo‘lsa-da, lekin u 
unli fonemalarni farqlovchi belgi bo‘la olmaydi. Faqat qo‘shimcha belgi sifatida 
unlilarning variantini hosil qiladi. 
Anglashiladiki, nazallik belgisi o‘zbek tilida unlilarning 
paradigmatik munosabatida mavjud emas. U faqat sintagmatikada yondosh burun 
undoshlarining ta’sirida qo‘shimcha belgi sifatida paydo bo‘ladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin