69
ifodalovchi va muloqot vositasi sifatidagi yashash usuli hisoblanadi. Shuning uchun
til haqidagi fanni uning material tomonisiz, tovushlarsiz, og’zaki nutqning
qonuniyatlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Leksik hamda
grammatik faktlar ham til
taraqqiyotining u yoki bu davrida sodir bo’lgan uning tovush tomonidagi o’zgarishlar
bilan asoslanadi va tushuntiriladi. Bundan tashqari, og’zaki nutq spetsifik tovush
vositalariga ega bo’lib, ular tilda mazmunning ifodalanishi uchun bevosita
aloqadordir. Bunday vositalarga fraza, takt, ohang, fonetik so’z, bo’g’in va urg’u
kiradi. Tovushlar bilan birgalikda ular “tilning tovush sistemasi”ni hosil qiladi.
Kichik birliklar esa o’zidan yuqori, kattaroq birliklarni
hosil qilish uchun
konstituentlik vazifasini bajaradi. Demak, segment birliklar o’rtasida ham
umumiylik-xususiylik dialektikasining namoyon bo’lishini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu birliklarning maqomi masalasida ham tilshunoslar orasida bir xillik
yo’q. Xususan, sintagma yoki taktni olib ko’raylik. Uning chegarasini belgilash
masalasi ham muammolidir. Agar Potebnya formulasi asosida takt (sintagma)
chegarasi belgilansa, u holda har bir mustaqil so’z alohida sintagmani,
taktni hosil
qiladi. Ushbu formula quyidagicha: ...12311... bu formula oddiy bo’lishiga
qaramasdan, mazmunan juda salmoqlidir.
Birinchidan, u har bir takt faqat bitta urg’uli bo’g’inga egaligini ko’rsatadi: bu
3 raqami bilan belgilangan. Ikkinchidan, urg’u oldi bo’g’ini urg’uli bo’g’indan
kuchsizroq, lekin boshqa bo’g’inlarga nisbatan kuchliroq ekanligini ko’rsatadi (bu 2
raqami bilan belgilangan). Uchinchidan, boshqa har qaysi bo’g’in kuch jihatdan
o’zaro tengdir. Ular 1 raqami bilan belgilangan. To’rtinchidan, bo’g’in miqdoridan
qat’i nazar, har bir so’z shu formulaga bo’ysunadi. Nihoyat,
bu formula takt
chegarasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, 1231323 ketma-ketligi berilgan va
bunda taktning miqdorini topish zarur. Formula bo’yicha, bu ketma-ketlik uchta takt
mavjudligiga ishora qiladi, chunki uchta urg’uli bo’g’in mavjud (ular 3 raqami orqali
ifodalangan). Endi taktlarning chegarasini aniqlash masalasi turadi. Potebnya
formulasiga binoan bu quyidagicha chegaralanadi: 1231 / 3 / 23. Agar 123 / 13 /23
tarzida ajratilsa, formulaga tushmaydi.
Bunga ko’ra
ishchilarimiz zimmalariga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada
bajardilar jumlasida ettida takt mavjud. Chunki jumlani tashkil etuvchi har bir so’z
o’z mustaqil urg’usiga ega.
Ikkinchi yondashuvga asosan, takt – bu frazaning qismi bo’lib, qisqa to’xtam
bilan ajratiladi va tugallanmagan intonatsiyaga ega bo’ladi.
Takt fraza kabi tilda
mazmunning ifodalanishiga aloqadordir. Taktning chegaralari qarab matnning
mazmuni o’zgarishi mumkin:
akalarim uchta ukam bor jumlasida taktning
chegarasiga qarab uchta akasi yoki uchta ukasi borligini tushunish mumkin. Agar
akalarim so’zidan keyin qisqa to’xtam qilinsa, uchta ukasi mavjudligi, uchta so’zidan
keyin to’xtam qilinsa, akasi uchtaligi ma’lum bo’ladi. Takt bir so’zga ham, bir necha
so’zga ham teng kelishi mumkin. Ushbu qarashga ko’ra
Ishchilarimiz // zimmalariga
yuklatilgan vazifalarini // a’lo darajada bajardilar jumlasi
tarkibida uchta takt
mavjud bo’lib, ularning birinchisi bir so’zga teng.
Takt, o’z navbatida, kichik birliklardan – fonetik so’zlardan tashkil topadi.
Fonetik so’z – taktning (agar taktga ajralmasa, frazaning) qismi bo’lib, bir urg’uga
ega bo’ladi. Fonetik so’z leksik va grammatik ma’nodagi so’zga teng kelishi ham
70
mumkin. Masalan,
Mehr nuri yog’ar doim yuzingizdan, ustozlar da oltita fonetik va
oltita leksik so’z mavjud;
Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi
jumlasida sakkizta leksik-grammatik, lekin oltita fonetik so’z mavjud.
Fonetik so’zlar bo’g’inlarga bo’linadi. Fiziologik jihatdan bo’g’in –
bu bir
havo zarbi bilan talaffuz etiluvchi fonetik so’zning qismidir. Akustik jihatdan esa
bo’g’in – bu jarangdorlikning (zvochnost) kuchayishi bilan xarakterlanuvchi fonetik
so’zning qismidir.
Dostları ilə paylaş: