76
Ye.Brizgunova ham rus tilida intonatsiyaning xususiyatlarini o‘rganar ekan,
uning ma’no farqlash imkoniyatlarini gap leksik-grammatik sostavining
kommunikatsiya jarayonida turli ma’nolarda qo‘llanilishi mumkinligi bilan bog‘laydi
va buni quyidagi holatlarda yuzaga keladigan gaplar misolida izohlashga harakat
qiladi. Siz ekskursiyaga ketyapsiz. Ekskursiya rahbari sizga chiptalarni tarqatyapti:
Vash bilet…Vash bilet…(
Sizning chiptangiz... Sizning chiptangiz...)( IK – 1). Siz
chiptani tushirib qo‘ydingiz. Uni olgan kishi sizdan so‘raydi:
Vash bilet? (IK – 3)
(
Sizning chiptangiz? (Chipta siznikimi?)). Tekshiruvchi har
bir kishining chiptasini
tekshirayotib so‘raydi:
(A) Vash bilet? (IK – 4). (Bu -chi yuklamasi yordamida
beriladigan savolning qisqartirilgan shakli:
Sizning chiptangiz? (Sizning chiptangiz-
chi?))
1
.
Uning
fikricha, gaplarning ma’nolari o‘rtasidagi farq shu gaplarning
leksik-
grammatik tuzlishi va ohangi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga chiqadi.
Masalan,
Bugun havo sovuq! Bugun havo sovuq? Qanday ovoz! Qanday ovoz? kabi
gaplarda o‘zaro ta’sir bir leksik-grammatik sostavga (tuzilishga) turli intonatsion
konstruksiyalarning yuklanishi bilan ifodalanadi. Muallif kommunikatsiya jarayonida
turli ma’nolarda birdan ortiq usulda qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lgan leksik-
grammatik tuzilishlarni ko‘p ma’noli deb baholab, ularga aloqa-aralashuvda bir
qo‘llanishli leksik-grammatik tuzilishlarni zidlaydi. Bunda ko‘p ma’nolilik
gaplarni
so‘roq, xabar, baho kabi turlarga ajratishga sabab bo‘luvchi farqlovchi belgilarning
mo‘’tadillashuvi natijasida yuzaga chiqadi
2
. Masalan,
baho ifodalovchi Qanday
yoqimli ovoz! gapidagi farqlovchi belgi
yoqimli so‘zidir. Gap leksik-grammatik
sostavidan baho ifodalovchi ko‘rsatkichning (
yoqimli so‘zining)
tushirilishi gap
mazmunining o‘zgarishiga olib keladi. Uning mazmuni kommunikatsiya jarayonida
ohang yordamida konkretlashtiriladi.
E.A.Brizgunova 7 xil intonatsion konstruksiyalarni (IK) va ma’nolari shu IKlar
yordamida konkretlashuvchi gaplarning quyidagi turlarini ajratadi:
1. IK – 1 (darak gap)
Qanday ovoz sihibi
2. IK – 2 (neytral so‘roq)
Qanday ovoz sihibi?
3. IK – 3 (savolning qaytarilishi)
Qanday ovoz sihibi?
4. IK – 4 (savol-eslatma)
Qanday ovoz sihibi?
5. IK – 4a (baho gap: yengil hayrat)
Qanday ovoz sihibi!
6. IK – 5 (baho gap: chuqur hayrat yoki g‘azab)
Qanday ovoz sihibi!
7. IK – 5a (baho gap: negativ baho, bepisandlik)
Qanday ovoz sihibi!
Dostları ilə paylaş: