75
ajratadi
1
. M.I.Matusevich esa melodikani, urg‘uning barcha turlarini, pauzani va ovoz
tembrini intonatsiyaning tarkibiy qismlari deb baholaydi
2
.
Shu bilan birgalikda, intonatsion komponentlarning nutq jarayonidagi mavqei
masalasi ham tortishuvlidir. M.I.Matusevichning
fikricha, intonatsiyani tashkil
etuvchi komponentlar ichida melodika eng asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. Melodika
mazmun (semantika) va sintaksis bilan zich aloqada bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos
tarzda uning melodik strukturasini tashkil etadi
3
.
L.V.Bondarko ham intonatsiya tarkibida melodika alohida o‘ringa ega
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jumlaning intonatsion
shakllanishida uni
tashkil etuvchi turli komponentlarning roli turlichadir. Asosiy og‘irlik melodika
zimmasiga, ya’ni asosiy ton chastotasining o‘zgarishiga tushadi. Shu jihatdan
jumlaning fonetik xarakteristikasini
ifodalovchi intonatsiya teriminining ton
tushunchasi bilan bog‘liqligi ham bejiz emas
4
.
N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, intonatsiya faqat eshitish orqali ta’riflanadigan
bo‘lsa, unda ikki hodisani – ovozning ko‘tarilishi va pasayishini kuzatish mumkin.
Bu ko‘zlanayotgan natijaning qashshoqligidan darak beradi. Aslida intonatsiyaning
ma’no qirralari boy va rang-barangdir. Intonatsiyani
uning asosiy dinamik
komponenti (urg‘u) va cho‘ziqligi (pauza) asosida aniqlashning xarakterli tomoni
shundaki, bu tayanch nuqtalarning o‘zgarishi jumla mazmunini o‘zgartirishi yoki
umuman bema’nolikka olib kelishi mumkin. Masalan, agar
Dva dnya yemu kazalis
novы (Ikki kun unga yangi tuyuldi) jumlasidagi
Ikki kun ni
unga yangi tuyuldi
komponenti bilan bog‘laydigan bo‘lsak, u holda
yangi kunga tegishli bo‘ladi. Aslida
esa she’rda boshqa mazmun kuzatiladi:
Dva dnya // yemu kazalis novы uedinyonnыe
Dostları ilə paylaş: