D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

BO‘ZBOLA 
Qishloqda bir bo’zbola bo’ladi. Bo’zbola yelkador, pishiq qomatlik 
bo’ladi. Kulcha yuzlarida chuqur-chuqur kuldirgichlari bo’ladi. Qo’y 
ko’zlik, siyrak qoshlik bo’ladi. Bo’zbola qomatini g’oz tutadi. Joyida tik 
turadi. Qo’llarini ko’kragiga qovushtiradi yo beliga tiraydi. Bir nuqtaga 
tikiladi. Qayerga tikiladi, nimaga tikiladi? Bilmaymiz, o’zi-da bilmaydi. 
Shox-u butog’ing bormi, muncha kerilasan, deymiz. U mizoji xush 
ko’rmish odamlar bilan salom-alik qiladi. Chin dildan gapirishadi. 
Ko’ngliga o’tirmaydiganlar bilan salomlashgisida kelmaydi! Oqibat, 
bo’zbola bizni nazarga ilmaydi, deymiz. U o’zini biz uchun dil-dildan 
oshno biladi. Bir qorindan talashib chiqqanlardayin bo’lsam, deydi. Aqalli, 
bir yomonligimizni ko’rsa bo’ldi! Bizdan qo’lini yuvib qo’ltiqqa uradi. Biz 
bilan salom-alik qilmaslik payida bo’ladi. Ichimdan top deb yuradi. U 
odamovi! U olislardan ko’z uzmaydi, kipriklarini-da pirpiratmaydi. Biz u 
tikilmish tarafga qaraymiz. Zangori ufq. Aqalli bulutlar-da yo’q.
U bizni hayron qoldirib yashaydi! Bir nimani so’rasak, ha yo yo’q deb 
qo’ya qoladi. Qo’liga suv beramiz. Suvni go’yo birinchi ko’rayotganday 
tikiladi. Minnatdorchilikni tilab olamiz. «Sen ham odamga o’xshab biror 
nima de». «Nima deyin?» «Hech bo’lmasa, baraka toping, de». Shunda u 
tizzalarini quchoqlaydi. Olis-olislarga — Bobotog’ cho’qqilariga o’ychan-
o’ychan termiladi (T.Murod) (168 ta so‘z). 
XOSIYAT BUVI 
Xosiyat buvi nevarasini bog’chadan olib keldi, o’zini behol sezdi. 
Atrofida nimalarnidir javrayotgan bolaning so’zlari qulog’iga kirmay, ko’z 
oldi xiralashib, tizzalari titradi, xontaxta chekkasiga cho’kkallab, xushidan 
ketdi… Bir zamon ko’zini ochsa kasalxonada yotar, yonida o’g’li, kelini 
termulib o’tirishardi. U bolalariga bazo’r qarab qo’ydi, ko’zlarini yumdi. 
Bemorga tikilib o’tirganlarning ko’nglidagi vahima o’rnini allaqanday ilinj 
egallay boshladi. Xosiyat buvining o’g’li “Hayriyat” deb chuqur nafas 
oldi, xotiniga nimalarnidir pichirlab o’rnidan turdi. Kampir o’g’lining 
qo’zg’alganini sezdi, lekin ko’zini ochishga quvvati bo’lmadi, yuragi 
o’g’lining yo’lakdan uzoqlashayotgan qadam tovushiday duk-duk ura 
boshladi. “Otasi ham shunaqa tez-tez yurardi”,- xayolidan o’tkazdi u. 
Bola-chaqalarining yelib-yugirib qolganidan Xosiyat buvi ahvoli 
ancha og’ir ekanligini tushundi. Qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar 
serqatnov bo’lib qolishdi. Gohida o’g’li, asosan, kelini boshida 
navbatchilik qilishardi. 


80 
Xosiyat buvining ikki singlisi bor. Kichigi shanba kuni keldi. U uyida 
ustalar ishlayotgani uchun tez-tez kelolmayotganidan o’kingan singlisini 
ko’rib o’sha kuni kech ketdi. Ertasiga yana keldi. 
Xosiyat buvining o’g’li xolasining bunchalik mehri tovlanib 
qolganidan quvonib ketdi (T. Mahmud) (151 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin