DUNYONING BESHINCHI MO‘JIZASI Hozirgi Turkiya hududidagi Galikarnas shahrida miloddan avvalgi
353 yilda vafot etgan podshoh Mavzolning xilxonasi dunyoning beshinchi
mo‘jizasi bo‘lib qoldi. Inshoot shu qadar dabdabali bo‘lgan va
hashamatiga yarasha qimmatga tushgan ediki, biz bugun dabdabali
bezatilgan xilxonalarni mavzoley deb ataymiz (38 ta so‘z). ERKIN VOHIDOV O‘zbekiston xalq shoiri va O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidov
1936- yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Shoirning “Tong nafasi”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”,
“Lirika”, “Yoshlik zavoli” kabi o‘nlab kitoblari nashr qilingan. “Oltin
devor” komediyasi hozirgacha teatr sahnasidan tushmadi (38 ta so‘z). PALOV Palov – o‘zbek milliy taomlaridan eng mashhuri, deb bemalol aytish
mumkin. Uni ba’zan osh deb ham atashadi. To‘ylar, bayramlar, sayllar
usiz o‘tmaydi.
Bu taomni har kim turlicha tayyorlaydi, har kim o‘zgacha palovni
xush ko‘radi. Palovni biz ham juda yaxshi ko‘ramiz (39 ta so‘z). O‘ZBEK KURASHI Bugungi kunga kelib dunyoning turli burchaklarida jahon miqyosida
o‘tkaziladigan o‘zbek kurashi musobaqalarida polvon, kurash, yonbosh, chala, tanbeh, dakki, halol, g‘irrom kabi bir qancha o‘zbekcha atamalar
barchaning havasini keltirib, jaranglaydigan bo‘ldi. Biz dunyo miqyosiga
chiqqan o‘zbek kurashi bilan haqli ravishda faxrlanamiz (40 ta so‘z). MILLIY SPORT O‘zbek xalqining ota-bobolari qadim zamonlaridan beri ko‘plab sport
turlari bilan shug‘ullanib kelishgan. Bu sport turlaridan poyga, uloq
25
chopish, chavgon, kurash, merganlik, shatranj, tosh ko‘taish, arqon tortish
kabilar xalq orasida keng tarqalgan (31 ta so‘z).