5
Ayrimlarini esa diktantni boshlamasdan avval tushuntirib, doskaga yozib
ko‘rsatish mumkin.
2. Matnda o‘tilayotgan yoki takrorlanayotgan qoidaga mos so‘zlar,
so‘z birikmalari, gaplar yetarli bo‘lishi lozim.
Matnga kiritilgan
orfogrammalar teng joylanishi zarur. Ko‘pincha o‘quvchilar diktant
boshida va oxirida ko‘p adashadilar. Shuning uchun matn tanlashda uning
oxirida qiyin orfogrammalarning mumkin qadar kamaya borishiga e’tibor
berish ma’qul.
3.Matnda oldingi yozma ishlarda xato yozilgan so‘zlar ham bo‘lishi
mumkin. Har bir diktantda o‘quvchilar uchun yangi so‘z yoki atamalar
bo‘lsa, bu o‘quvchining lug‘at boyligini kengaytiradi.
4. Matn badiiy asarlardan, gazeta
va jurnallardan tanlanishi, ayrim
matnlarni esa o‘qituvchining o‘zi tuzishi ham mumkin. «Diktantlar
to‘plami» o‘qituvchi uchun asosiy qo‘llanmadir.
5. Matn o‘rniga olingan terma gaplarning mazmuni kontekstsiz ham
tushunarli bo‘lishi lozim.
6. 4-7-sinflar uchun tanlangan matnda murakkab qo‘shma gap
mumkin qadar bo‘lmasligi lozim. 4-sinf uchun 6-8 so‘zli, 5-sinf uchun esa
8-10 so‘zli gaplar olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: