10
Diktovka qilingan gapni yozdirishdan oldin uni biror o‘quvchiga
takrorlatish ham maqsadga muvofiqdir. Bu, qisman bo‘lsa ham,
o‘quvchilar o‘rtasida faollikni oshiradi.
Ta’kidiy diktantni og‘zaki o‘tkazsa ham bo‘ladi: o‘qituvchi gapni
adabiy tilning talaffuz shakllariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi,
o‘quvchilar mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z yoki so‘z
birikmalarini ajratadilar. So‘ngra ularning imlosi izohlanadi. Masalan:
Zulfiyaning onasi “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
O‘quvchilar
Zulfiyaning so‘zini tanlaydilar. Buni doskaga yozish ham
mumkin. Keyin imlosi izohlanadn. Ish ana shu xilda davom etadi.
Ta’kidiy diktantni bir necha qoida yuzasidan o‘tkazish ham mumkin.
Masalan, otlarda kelishik ko‘shimchalarining yozilishi o‘tib bo‘lingach,
atoqli otlar, egalik va kelishik qo‘shimchalarining
yozilishi bo‘yicha ana
shunday diktant o‘tkaziladi.
Ta’kidiy diktantni yana quyidagicha o‘tkazish mumkin: oldin
izohlanayotgan orfogramma izohlanadi, keyin matn to‘la yozdiriladi,
o‘quvchilardan o‘tilgan qoidaga oid so‘zlar, ularnnng yozilishi so‘raladi.
Diktantning bu turi uchun ko‘proq bog‘lanishli matnlarning tanlangani
ma’qul.
Ta’kidiy diktantni 4-5-sinflarda haftada bir marta, 6-sinfda uch haftada
ikki marta, 7-8-sinflarda ikki haftada bir marta o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. Shunda ham butun bir darsni unga bag‘ishlash tavsiya
etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: