SOHIBQIRON AMIR TEMUR
Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay Muhammad Bahodir 1336-yil
9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahrida barlos urug‘ining nufuzli
begi oilasida tug‘ilgan. U amaldor oilasida tug‘ilganligi tufayli dastlab
maktabda, so‘ng madrasada o‘qib, o‘z davrining barcha ilmlaridan
bahramand bo‘lgan. Ayniqsa, Qur’on-u hadislarni, fiqh, falakiyot,
handasa, riyoziyot, tarix va jug‘rofiya ilmlaridan chuqur xabardor bo‘lgan.
She’riyat va shatranjni sevgan. Amir Temurni harbiy ta’lim ko‘proq
qiziqtirgan. O‘rta Osiyoda mo‘g‘illar zulmiga barham bergan Amir Temur
1370-yili Movarounnahr amiri deb e’lon qilinadi va Samarqand shahri u
tuzgan yangi davlatning poytaxti bo‘lib qoladi.
Amir Temur feodal tarqoqlikka barham berib, o‘rta asrlarning eng
yirik davlatini barpo etdi. Uning ulkan davlati sarhadiga Turon, Eron,
Rum(Onado‘li), Mag‘rib, Suriya, Misr, Iroqi Arab, Iroqi Ajam,
Mozandaron, Qeylon, Shirvon, Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Jidda, Buyuk
Tatariston, Xorazm, Xo‘tan, Qobuliston, Boxtar, Zomin, Hindiston, Dashti
101
Qipchoq, Oq O‘rda, Gurjiston, Armaniston, Oltin O‘rda - jami 27
mamlakat kirar edi.
Amir Temur o‘z davlatini adolat bilan boshqardi. Uning davrida
mamlakat iqtisodiy jihatdan kuchaydi, fan va madaniyat rivojlandi. Xalq
hayoti uchun zarur qurilishlar, madrasa ta’limi uning e’tiborida bo‘ldi. U
o‘zi zabt etgan mamlakatlarning podsholarini yana taxtga o‘tqazgan yoki
zurriyotidan podsho tayinlagan. Saltanatning tashqi va ichki siyosatida
noiblar, beklar, umuman amaldorlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan (192
ta so‘z).
ULUG‘ RASSOM
Ulug‘ rassom Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda hunarmand
oilasida dunyoga kelgan. Ota-onadan yosh yetim qolgan Kamoliddinni
Hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) o‘z
tarbiyasiga oladi. Mirak Naqqosh oilasida har tomonlama ilmli, odobli
bo‘lib tarbiyalangan Kamoliddin naqqoshlik va miniatyurasozlik san’atini
ham egallaydi.
Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va miniatyurasoz bo‘lib
yetishishida muhim omillaridan biri - mutafakkir shoir Alisher Navoiyning
nazariga tushib, uning homiyligidan bahramand bo‘lganligidir. San’at va
nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan Behzod g‘oyatda
mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o‘tkir aql-u zakozati tufayli iste’dodi
kundan-kunga ortib boradi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo‘lib
taniladi.
Kamoliddin Behzod 1537-yili Hirotda vafot etadi. Hirotliklar uni
chuqur iztirob va motam bilan Kuhi Muxtor tog‘i yonbag‘riga dafn
etadilar.
Kamoliddin Behzod Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”,
Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Absol”, Amir Xusrav Dehlaviyning
“Xamsa”, Sa’diyning “Bo‘ston” va “Guliston”, Nizomiy Ganjaviyning
“Xamsa”, Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma”siga yuzlab miniatyuralar,
Sulton Husayn Boyqaroning 40 dan ortiq majlislari tasviri, Abdurahmon
Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Taxmasp, Shoir Abdulloh
Xotifiylarning
suratlari,
“Tuyalar
jangi”,
“Darvishlar
raqsi”,
“Samarqandda madrasa qurilishi” kabi noyob suratlarni chizib qoldirgan.
Kamoliddin Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida,
balki jahon rasm san’ati tarixida, o‘zining ajoyib va qimmatbaho
miniaturalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida katta o‘rin tutgan
buyuk va zabardast san’atkordir (196 ta so‘z).
|