Dars ishlanmasi Fan



Yüklə 0,82 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127525
Yuldasheva Azimaxon1

Farg‘ona davlat universiteti san'atshunos fakulteti


Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi
2-bosqichi 21.128-guruh talabasi Yuldasheva Azimaxonning
"Tasviriy san'at" fanidan tayyorlagan 5-sinf uchun
Naqsh kompozitsiyasini yaratish
Mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Dars ishlanmasi
Fan: Tasviriy san'at.
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: O`quvchilarga Naqsh kompozitsiyasini yaratish mavzusi yuzasidan tushuncha berish. O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.O‘quvchilarga qadimgi maktablarda qanday ta'lim- tarbiya olishi, odobli, axloqli bo'lishi, bir-birlariga hurmat- izzatda bo'lish, ko'p kitob o'qishga o'rgatish, tarbiyali bo'lish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish. Mustaqil amaliy ishlarni bajara olishini rivojlantirish va shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob metodi, og'zaki, ta'limiy o'yinlar.
Dars jihozlari: 5-sinf darsligi, dars ishlanmasi, tarqatma materiallar, ragbat kartochkalari. Kompyuter, videoproyektor, rangli rasmlar, slaydlar, fotoalbomlar
Dars rejasi:
Tashkiliy qism 2 daqiqa
O’tilgan mavzuni baholash va mustahkamlash 5 daqiqa
Yangi mavzuning bayoni 15 daqiqa
Mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
Baholash 15 daqiqa
Uyga vazifa va darsni yakunlash 3 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
- salomlashish;
-davomatini aniqlash;
-navbatchi axborotini tinglash;
-sinf tozaligini, o'quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O'tilgan mavzuni takrorlash: O'g'zaki savollar asosida o'tgan mavzu takrorlab olinadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish: Naqqoshlik sanatida buyumlar turli xil naqshlar bilan bezatiladi, ular uch turga: islimiy, girih va murakkab naqshlarga bolinadi.
Islimiy naqsh. Osimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy naqshning xillari
kop, bir-biriga uzluksiz ulanib, oralib ketadigan chirmoviqsimon, osimliksimon naqshlarning takrorlanishidan hosil qilinadi va shakl islimiy gul, islimiy zanjira, islimiy madohil nomi bilan ataladi.
Islimiy naqshlardan keng foydalaniladi. Xalq ustalaridan M. Torayev, J. Hakimov, T. Toxtaxojayev, O. Fayzullayev, N. Ibrohimov, M. Usmonov va boshqalarning ijodlarida buni korish mumkin

Darslik bilan ishlash: Darslikda berilgan amaliy topshiriqlar bajaridi va naqshlar chiziladi.
Darsni yakunlash va baholash: O'qituvchi savol- javoblar bilan darsni yakunlaydi. Darsga qatnashgan o'quvchilarga rag'batlantirish kartochkalari beriladi va baholanadi.
Uyga vazifa beriladi:1. Tuzilgan naqsh kompozitsiyasini rangda tugallab qoying.Atamalar daftariga ajratib korsatilgan sozlarni yozib qoying.
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin