Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Sun’iy inshootlar, ularning turlari va vazifasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə13/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

2.4. Sun’iy inshootlar, ularning turlari va vazifasi

Temir yo’llarning suvli to’siqlar, boshqa temir yo’l va avtomobil yo’llari, tog’ oraliqlari, qoyalik joylar, shahar hududi orqali o’tishida, hamda odamlarning temir yo’ldan bexavotir o’tishlarini ta’minlash uchun murakkab sharoitlarda sun’iy inshootlar quriladi.


Sun’iy inshootlar ko’priklar, tonnellar, quvurlar tirgak devorlar, yo’naltiruvchi inshootlar, dyukerlar, galereya, sel o’tkazgichlari va boshqalardan iborat.

Rasm. 2.7. Daryo ko’prigi


Temir yo’llar daryo, kanal, ariq, jarlik ustidan o’tkazilganda ko’prik yoki quvurlar quriladi. (2.7- rasm)
Ko’prikning boshqa turlari yo’l o’tkazgich ko’prigi, viaduk, estakada kabilar.

Rasm 2.8. Ko’prikli yo’l o’tkazgich (puteprovod)


Yo’l o’tkazgich ko’priklari (2.8 rasm) temir yo’llarning o’zaro yoki avtomobil yo’llarining kesishuv joylarida quriladi. Ular ikki kesishuvchi yo’llarda harakatning mustaqilligi va to’liq xavfsizligini ta’minlaydi.





Rasm 2.9. Viaduk


Viaduklar (2.9 rasm) temir yo’llarni chuqur daralar, katta jarliklar va tog’ oraliqlari ustidan o’tkazishda er polotnosining baland to’kmalari o’rnida quriladi.



Rasm 2.10. Tonnel


Baland tog’lik qoyalar orqali temir yo’l o’tkazishda er polotnosini katta chuqurlikda o’tkazish o’rniga tonnellar qurilishi mumkin. (2.10 rasm). Odamlarning bekat yo’llari orqali o’tish joylarida va shahar atrof poezdlarining o’tish joylarida ularning xafsizligini ta’minlash uchun piyoda ko’priklari yoki tonnnellar quriladi.


Qiyalik joylarda, tog’ yon bagirlarida daryo va ko’l yoqalab temir yo’l qurishda er polotnosini siljishlardan muhofaza qilish uchun tirgak devorlar quriladi.
Tog’li hududlarda emirlish ehtimoli bo’lgan joylarda maxsus galereyalar (2.11 rasm) , toshli, balchiq, sel yo’llarida sel o’tkazgichlar quriladi. Kichik suv yo’llarini temir yo’l ostidan o’tkazish uchun dyukerlar (2.12 rasm) quriladi. Dyuker yo’lning ikki tomonida quduq shaklida qurilib, er ostida quvur orqali birlashtiriladi. Sun’iy inshootlarning eng ko’p tarqalgan turi (92 % dan ortig’i) ko’priklar va quvurlardir. Sun’iy inshootlar qurilishi qimmat bo’lib, odatda ularni uzoq muddat ishlatish uchun quriladi. Ular qurilishda oddiy va foydalanishda arzon bo’lib, belgilangan tezlikda harakat xafsizligini ta’minlashi kerak.

Rasm 2.11. Ko’chkiga qarshi galereya



Rasm 2.12. Dyukerning bo’ylama kesimi



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin