Temir yo’lni foydalanishga topshirish butun qurilish davri davomida olib boriladi. Tayyorgarlikda uchta bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin: poezdlarning ishchi harakatni ochish, ayrim uchastkalarning yoki yo’lning hammasini vaqtinchalik foydalanishga yoki hamma yo’lni doimiy foydalanishga topshirish.
Ishchi harkati materiallar va yo’l ustki qurilishi, ko’priklar, quvurlar, SMB va aloqa, bino va inshootlar konstruktsiyalarini tashish uchun yo’l panjaralari o’rnatilishi bilan ochiladi. Ishchi harakatida yo’l hali ballastlanmagan yoki ballastning birinchi qum qismi o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Er polotnosi bu paytga kelib to’liq tugatilgan bo’lishi kerak. Materiallar va konstruktsilarni boshqa yo’llar bilan tashish qiyin va qimmatli kechadigan joylarda poezdlarning ishchi harakati katta ahamiyatga ega. Qurilish poezdlarining tezligi ishchi harakati davrida soatiga 10 kmG’soatdan oshmasligi kerak.
Vaqtinchalik foydalanish davrida temir yo’l qurilishi yuklarini tashishdan tashqari, xalq xo’jaligi yuklari va yo’lovchilarni ham qisman tashish amalga oshiriladi. Bu davrga kelib er polotnosi, suv qochirgich qurilmalari va sun’iy inshootlar to’liq qurilgan, asosiy yo’l qumli ballastga to’liq yotqizilgan, ajratish punktlarida etarli yo’l tarmoqlari yotqizilgan, kerakli qurilmalar va binolar qurilgan, yo’llar bo’ylab yo’l belgilari, kerakli signallar o’rnatilgan, o’tish joylari (pereezdlar) qurilgan va tegishlicha jihozlangan bo’ladi.
2 bob. Temir yo’llarning tuzilishi
2.1. Temir yo’lning tuzilishi haqida umumiy tushunchalar
Poezdlarni belgilangan tezlikdagi harakat bilan o’tkazish uchun temir yo’l quriladi. Temir yo’l murakkab muhandislik inshooti bo’lib poezdlar harakatining beto’xtovligi va xavfsizligi, hamda temir yo’llarning texnik vositalaridan foydalanish samaradorligi temir yo’lning holatiga bevosita bog’liq.
Temir yo’l transportining yo’l xo’jaligi temir yo’lning o’zi, uning barcha inshootlari, qurilmalari, hamda ishlab chiqarish bo’limlari va xo’jalik korxonalaridan tashkil topgan. Ishlab chiqarish bo’limlari va xo’jalik korxonalari temir yo’llarning muntazam ishlashini ta’minlaydi va rejaviy– ehtiyotlash ta’mirlovlarini bajaradi. Yo’l xo’jaligi temir yo’l transportining eng muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, temir yo’llarda tashish jarayonining bajarilishi uning holatiga bevosita bog’liq. Temir yo’llarda asosiy vositalarning 50 foizdan va umumiy xizmatchilarning 20 foizdan ortig’ining yo’l xo’jaligiga to’g’ri kelishi uning temir yo’l transportidagi salmog’i naqadar ulug’ligini ko’rsatadi.
Temir yo’l murakkab sharoitlarda ishlaydi, doimo atmosfera va iqlimiy sharoitlar ta’sirida bo’ladi, harakatdagi poezdlardan katta kuchlanishlar oladi. Shunday sharoitlarda temir yo’lning barcha tarkibiy qismlari (er polotnosi, ustki qurilmalar va sun’iy inshootlari) o’zining mustahkamligi, chidamliligi va holati bo’yicha yo’lovchi va yuk poezdlarining ushbu yo’l uchastkasi uchun belgilangan yuqori tezlikda osoyishta, mayin va xavfsiz harakatini ta’minlashi kerak, hamda harakat tezliklarini va yo’lning yuklanuvchanligini yanada oshirish uchun etarlicha zaxira quvvatlariga ega bo’lishi kerak.
Yuqorida bayon qilingan talablarni qondirish maqsadida temir yo’lning ko’tarish qobiliyati va uning barcha qismlari mustahkamligini oshirish ustida muntazam ishlar, ilmiy izlanishlar olib boriladi, termik chidamlilashtirilgan og’ir turdagi relslar, yangi konstruktsiyadagi rels biriktirgichlari, birikmasiz yo’l, temir-beton shpalalar, strelkali o’tkazgichlarning yangi konstruktsiyalari va boshqalar qo’llanadi.
Rasm 2.1. Temir yo’l izining ko’rinishi
Temir yo’l (rasm 2.1) ostki va ustki qismlardan tashkil topadi. Yo’lning ostki qismi er polotnosi (naso’p), o’yiq (vo’emka), yarim ko’tarma, yarim o’yiq, yarim ko’tarma-yarim o’yiqlar) va sun’iy inshootlardan (ko’priklar, tonnellar, quvurlar, tirgak devorlar va boshqalar) iborat. Yo’lning ustki qismi ballast qatlami, shpala, relslar, biriktirgichlar, surilishga qarshi moslamalar, strelkali o’tkazgichlar, ko’prik va o’tkazgich brus shpalalaridan tashkil topadi. Ballast qatlam shpalalar orqali bosimni qabul qilib, uni er polotnosining asosiy maydonchasiga uzatadi, bosim notekisligini yumshatadi, hamda temir yo’l izi barqarorligini ta’minlab shpalalarning bo’ylama va ko’ndalang siljishiga to’sqinlik qiladi. Shpalalar (iz) relslar orqali bosimni qabul qilib uni ballast qatlamiga uzatadi, hamda relsli izlarning o’zaro barqaror holatini ta’minlaydi. Relslar harakat tarkibi g’ildiraklarini yo’lnaltiradi va ular bosimini qabul qilib shpalalarga uzatadi.
Rels biriktirgichlari ularni o’zaro biriktirish va shpalalarga mahkamlash uchun qo’llanadi. Relslarni va shpalalarni yurayotgan poezd kuchlari ta’sirida siljishdan saqlash uchun surilishga qarshi moslamalar (protivougon) qo’llanadi. Strelkali o’tkazgichlar esa harakat tarkibini bir yo’ldan boshqasiga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Umuman, temir yo’lning barcha qismlari yagona inshoot, konstruktsiya sifatida ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: |